1964-yilda işlab çiqarilgan Shelby Cobra Daytona kupesi 42,9 million dollarga sotildi va bu Amerika avtomobillari orasida rekord natija böldi, deb xabar berdi Gooding & Çristie’s auksion uyi.

Modelning dastlabki bahosi 25 million dollardan oşiq edi. Yakuniy narx esa dastlabki taxmindan deyarli ikki baravar köp böldi. Bundan avvalgi rekord 1935-yilgi Duesenberg SSJ avtomobiliga tegişli bölib, 2018-yilda 22 million dollarga sotilgandi.

Shelby Cobra Daytona poygalarda qatnaşiş va Ferrari 250 GTO bilan raqobatlaşiş uçun işlab çiqilgan. Model Britaniyaning AC Ace rodsteri asosida yaratilgan bölib, V8 dvigateli va yangi aerodinamik kuzov bilan jihozlangan.

Umumiy hisobda jami oltita Daytona Coupe avtomobili işlab çiqarilgan. Aynan şu nusxa «Le-Man 24 soati» va Nyurburgringdagi poygalarda qatnaşgan.