75 ta nusxada işlab çiqarilgan öta nodir Mercedes-Benz SLR McLaren Stirling Moss savdoga qöyildi. RM Sotheby’s auksion uyi maʼlumotlariga köra, uning boşlanğiç bahosi 6 million dollarni taşkil etadi, savdolar esa 26-noyabrdan 3-dekabrgaça bölib ötadi.

Avtomobil seriyadagi oxirgi model bölib, dastlab Kuvayt hukmdor oilasi uçun tayyorlangan. Maşinaning öziga xosligi - kuzovining takrorlanmas rangi, noyob jihozlari hamda AQŞ yöllarida qonuniy harakatlaniş huquqiga egaligidadir.

RM Sotheby's

Stirling Moss modeli Mercedes-Benz va McLaren hamkorligida işlab çiqilgan. 75 ta avtomobilning barçasi Amerika sertifikatisiz işlab çiqarilgani sababli dastlab ulardan AQŞ hududida rasman foydalaniş mumkin emas edi. Keyinçalik uşbu modelni Milliy yöl harakati xavfsizligi boşqarmasining (NHTSA) Show or Display röyxatiga kiritişga erişildi. Mazkur tartib tarixiy yoki texnologik qimmatga ega bölgan kiçik seriyali avtomobillarni yöllarda çeklangan darajada haydaş va körgazmalarda namoyiş etiş maqsadida AQŞ hududiga olib kiriş imkonini beradi.

Namoyiş etilgan uşbu nusxa öziga xos zavod bezagi bilan ajralib turadi. U Mercedes-Benz Fire Opal Red tusiga böyalgan bölib, bunday körinişda faqatgina bitta Stirling Moss çiqarilgan. Seriyadagi Rosso Corsa rangiga böyalgan yana bir qizil avtomobil esa Iordaniya qirollik oilasiga tegişli.

RM Sotheby's

Maşina saloni kontrast sariq çokli qizil çarm bilan qoplangan. Odatdagi uglerod tolasidan (karbon) işlangan detallar örniga Alutex materialidan foydalanilgan, tormoz supportlari esa tillarangga böyalgan. Bundan taşqari, avtomobil kattalaştirilgan örindiqlar va audiotizim bilan jihozlangan. Tavsifga binoan, butun seriyada faqat ikkita Stirling Moss - mazkur nusxa va Iordaniya qirollik oilasi kolleksiyasidagi avtomobil stereotizim bilan taʼminlangan.

Superkar 2009-yilning dekabr oyida işlab çiqarilib, söng Şveysariyaga yetkazilgan. U yerda avtomobil ilk bor 2010-yil 16-martda Vo kantonida röyxatdan ötkazilgan. Öşandan buyon u bor-yöği 32,9 mil (taxminan 53 km) yöl bosgan.