Özbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida boşqa şahardan kelganlar va xorijliklar uçun Toşkent şahri hamda viloyatida propiska oliş imkoniyatini yangi qurilayotgan uylarda turar joy xarid qiliş orqali taqdim etişga yönaltirilgan ikkita qonunçilik hujjati loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda beşta ustuvor yönaliş böyiça rivojlantiriş Harakatlar strategiyasini amalga oşirişga yönaltirilgan Davlat dasturi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da boşqa şahardan bölganlar va xorijliklarga Toşkent şahri hamda viloyatida propiska olişni yangi uylarda qiymati eng kam iş haqining 2 ming miqdoridan kam bölmagan turar joyni xarid qiliş (boşqa mintaqalarda propiskasi bölmagan xorijliklar uçun, - 100 ming AQŞ dollari) va köçmas mulk narxidan 5-10 foiz hajmda bölgan davlat bojini tölaş holatida taqdim etiş imkoniyatini nazarda tutadi

Birinçi qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasining “Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiskaga olinadigan Özbekiston Respublikasi fuqarolari – şaxslar toifalari röyxati töğrisida”gi Qonunini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga özgartiş va qöşimçalar kiritadi, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Xususan, hujjatga köra, Toşkent şahri va viloyatidagi yangi uylarda köçmas mulkni xarid qiliş-sotiş böyiça notarial tasdiqlaş va davlat röyxatidan ötkaziş Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bölmagan jismoniy şaxs tomonidan Toşkent şahri va viloyatidagi yangi uylarda qiymati eng kam oylik iş haqining kamida 2 ming baravari bölgan köçmas mulkni bank hisob raqamlari orqali hisob-kitob qilingan holda xarid qilsa, amalga oşiriladi. Aynan şunça miqdorga Toşkent şahri va viloyatiga respublikaning boşqa mintaqalaridan kelgan va öşa mintaqalarda doimiy propiskaga ega bölgan xorijlik fuqarolar yoki fuqaroligi bölmagan şaxslar ham köçmas mulkni sotib oladi.

Toşkent şahri va viloyatiga boşqa davlatlardan kelgan va vaqtinçalik turişga ruxsat olgan xorijlik fuqarolar yoki fuqaroligi bölmagan şaxslar poytaxt mintaqasida şu tarzda propiska olişlari uçun Toşkent şahri va viloyatida qiymati kelişuv imzolangan kundagi Markaziy bank kursi bilan va bank hisob raqamlari orqali hisob-kitoblarni amalga oşirgan holda 100 ming dollardan kam bölmagan köçmas mulkni xarid qilişlari kerak böladi.

Toşkent şahri va viloyatidagi yangi uylarda köçmas mulkni sotib oliş-sotib yuboriş şartnomalarini tasdiqlaş uçun quyidagi davlat bojlari miqdori taklif etilmoqda:

1. Özbekiston Respublikasida doimiy tarzda yaşovçi va respublikaning boşqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega hamda qiymati eng kam oylik iş haqining 2 ming baravaridan kam bölmagan köçmas mulkni xarid qiluvçi jismoniy şaxslar uçun – şartnoma summasidan 5 foiz miqdorida.

2. Toşkent şahri va viloyatiga boşqa davlatlardan kelgan va Özbekistonda yaşaş uçun ruxsatnoma olgan hamda qiymati şartnoma imzolangan kundagi Markaziy bank kursi böyiça kamida 100 ming dollarlik köçmas mulkni xarid qilayotgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslar uçun – şartnoma summasidan 10 foiz miqdorida.

Ikkinçi qonun loyihasida jismoniy va yuridik şaxslarga tegişli turar joylar, kvartiralar, dala hovlilar, garajlar, boşqa inşootlar, binolarni boşqalar ixtiyoriga ötkaziş böyiça şartnomani tasdiqlaş uçun davlat boji miqdori turar joy yoki umumiy hududidan kelib çiqib belgilanişiga oid umumiy qoidani bekor qiliş taklif etilmoqda. Bu boşqa şahardan kelganlar va xorijliklarga şartnoma qiymatiga boğliq bölgan davlat boji tölanişining yangi mexanizmini joriy etiş uçun zarur.