Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 fevral kungi «Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumanini 2017−2018 yillarda iqtisodiy rivojlantiriş va bandlikni ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi qarorida Orol dengizining qurib qolgan hududidagi 11 ta kemani qayta tiklaş va ularga qiziqiş yuqori bölgan turistlar keluvçi mamlakatlar nomini beriş nazarda tutilgan. Bu haqda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda. 

Uşbu kemalarni qayta tiklaş işlari boşlanmoqda va qiziqiş yuqori bölgan turistlar keluvçi mamlakatlarni nazarda tutgan holda kemalarning (1-rasm, öngdan) birinçisiga «Germaniya», ikkinçisiga esa «Yaponiya» nomi beriladi, deydi Möynoq tumani madaniyat va sport işlari bölimi boşliği Gulbahor Toqsanbayeva. Qolgan kemalarning nomi esa mutaxassislar tomonidan örganilmoqda.

Möynoq tumani hokimi Xudaybergen Uteniyazovning ta'kidlaşiça, köpçilikning taklifiga binoan Möynoq tumani markazidagi kemaga esa (2-rasm) «Özbekiston» nomi berilişi ma'qul körilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorida Möynoq tumanini turistik markazga aylantiriş nazarda tutilgan bölib, uşbu qaror köpçilikning qiziqişini orttirmoqda. Ayniqsa, kemalarga mamlakatlarning nom berilişi xorijiy turistlarning ham e'tiborini qozonişi mumkin.

Foto: «Kemalar qabristoni». Möynoq tumani 

Foto:Möynoq tumani markazidagi esdalik-kema