AQŞ Suriyaga qarşi terrorçilik uruşi olib bormoqda, Suriyadagi aviabazaga raketa zarbasi töğridan-töğri harbiy tajovuz böldi, deb aytdi Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Başar Ja'fariy.
"Bir hafta avval biz bu yiğilişga Ostona va Jyenevadagi muzokaralarning natijalari haqida hisobot berişga va mening davlatim Suriya uçun siyosiy yeçimni topişga intilayotgan Mistura va boşqa tomonlarning işiga yangi turtki beriş uçun kelamiz, deb öylagandik", deb aytdi Suriya vakili.
Uning aytişiça, yiğilişda tomonlar "aksilterrorçilik sa'y-harakatlarini muvofiqlaştirişlari kerak edi".
"Kötarinkilikka qaramay, AQŞ ma'muriyati 14 yil avval BMT Xavfsizlik kengaşida Iroqqa nisbatan uyuştirgan qonli tomoşasini qaytarişga qaror qildi. Bu "Iroqning ommaviy qirğin quroli haqidagi yolğon" deb nomlangan tomoşadir. AQŞ mening davlatim Suriyaga qarşi terrorçilik uruşini olib bormoqda, endi bu qöğirçoqlar va terrorçilik taşkilotlaridan foydalaniş emas, endi bu mening davlatimga qarşi töğridan-töğri harbiy tajovuzdir", deb ta'kidlab ötdi Ja'fariy.
Ja'fariyning ta'kidlaşiça, Damaşq kimyoviy qurolga ega emas.
"Qanday qilib teran fikrlovçi odam bizda umuman yöq bölgan narsani qöllaşda mening davlatimga qarşi yolğon va ayblovlarga rozi bölişi mumkin. Bizda bunday qurol yöq", deb aytdi Suriya vakili.
Uning aytişiça, Suriyada kimyoviy qurolning yöqligi BMT va Kimyoviy qurolni taqiqlaş taşkilotining Suriyada 2014 yil iyundagi kimyoviy hujumlarni tergov qiliş böyiça qöşma mexanizmi bayonotida ham tasdiqlangan.
"Kimyoviy qurol AQŞ kemasida Örta yer dengizida yöq qilingan", deb qöşimça qildi Ja'fariy.












