Özbekiston hozirgi bosqiçda turli tuzilmalarga, jumladan, Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT/ODKB) hamda Yevroosiyo iqtisodi ittifoqi (YeOII/YevrAzES) taşkilotlariga kiriş zaruratini körmayapti. Bu haqda Özbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov jurnalistlarga ma'lum qilgan.

«Özbekiston davlatlar bilan ikki tomonlama aloqalarni kuçaytirişga e'tibor qaratadi», degan Komilov.

14 aprel kuni Xalqaro press-klubning «Özbekiston taşqi siyosatining yangi bosqiçdagi dolzarb masalalari» mavzusida sessiyasi bölib ötdi. Unda Abdulaziz Komilov hamda Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.