Qozoğistonlik tennisçi Arsan Araşov taqiqlangan meldoniy moddasini qabul qilgani uçun ikki yilga musobaqalardan çetlatildi. Bu haqda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Taqiqlangan modda 17 yoşli tennisçining 2016 yil 9 iyulda Ispaniyadagi musobaqada olingan doping-namunasida aniqlangandi. Şundan keyin Araşov 2016 yil 30 sentabrgaça musobaqalardan vaqtinçalik çetlatilgandi. Tennisçining çetlatilişi muddati 2019 yil 29 sentabrda tugaydi. 

Araşov jahon reytingida 1792-örinni egallab kelayotgandi.

Meldoniy 2016 yil 1 yanvardan Butunjahon aksildoping agentligining taqiqlangan moddalar röyxatiga kiritilgan.