Sakkiz oyoq-qöl bilan tuğilgan bola Hindistonda muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bunday jarrohlik amaliyoti birinçi marta ötkazilişi bilan diqqatga sazovordir. Bu haqida Daily Sabah'da xabar berildi.
17 oylik Karam Iroqda favqulodda oğir holatda tuğilgan - egizak homilaning biri onaning qornida töliq şakllanib ulgurmagan va buning natijasida ikkinçi bola qöşimça oyoq-qöllar bilan dunyoga kelgan.
Bolaning otasi Sarvad Ahmad Nadar uni operatsiya qildiriş uçun Hindistonga olib keldi, u yerda şifokorlar ortiqça a'zolarni olib taşlaş böyiça uç bosqiçli operatsiyani amalga oşirişdi.
Dunyoda bu kasallikning atigi beş yoki olti holati ma'lum, şu bois bunday jarrohlik amaliyoti şifokorlar uçun qiyin keçgani muqarrar, deydi şifokorlar jamoasi a'zosi, katta ortoped Gaurav Ratore.
"U bizga olib kelinganida atigi ikki haftalik edi, bunday holatlar kamdan-kam uçraydi", - dedi Ratore.
"Bugunga qadar bizning "sarguzaştlarimiz" muvaffaqiyatli keçdi. Karam - juda dovyurak bola, aslini olganda, u juda baxtli bolakay.
.
Jaypee kasalxonasi şifokorlari operatsiyani uç bosqiçda amalga oşirişdi - dastlab ortiqça oyoq va qöllar olib taşlandi, söngra yurakdagi muammolar bartaraf etildi. Qolgan muolajalar uning ulğayiş davri mobaynida amalga oşiriladi.
"U mening yagona va birinçi farzandim. Uning salomatligi borasida xavotirlarim köp edi, lekin men heç qaçon umidimni uzmaganman", - deydi 28 yoşli Nadar.












