Suriya armiyasining 2013 yilda dezertirlik qilgan generali Zohir As Sakat mamlakat prezidenti Başar Asadni yuzlab tonna kimyoviy qurolni yaşirib qöyganlikda aybladi. U bu haqda The Telegraph naşriga sözlab bergan.

2016 yili Kimyoviy qurolni taqiqlaş taşkiloti (KQTT) Suriya hududidagi qimyoviy qurol töliq yöq qilingani yoki olib çiqilganini ma'lum qilgan edi. Biroq, As Sakatning ta'kidlaşiça, Suriya hukumati bu qurolning bir qismini yöq qilişga rozi bölgan. 

«Ular 1,3 ming tonna şunday qurol borligini aytişdi, aslida zaxira 2 baravar köp edi. Eng kamida 2 ming tonna bor edi», — degan sobiq general. 

Naşrning qayd etişiça, As Sakat Suriya armiyasining kimyovi qurol sohasidagi eng qyuori lavozimli mulozimlaridan biri bölgan. U, şuningdek, mamlakatdan qoçganiga qaramay, hukumat rasmiylari bilan aloqalarini saqlab qolgan. 

Suriya armiyasining sobiq generali işonç bildirişiça, Suriya ixtiyorida katta miqdorda zain moddasi saqlanib qolgan. Bundan taşqari, uning sözlariga köra, Suriya armiyasida kimyoviy qurollarni elta oladigan aviabombalar ham bor.