2017 yilning 15 aprel kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida 2017 – 2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oşiriladigan loyihalar muhokamalarini ötkazişga xizmat qiluvçi “Doimiy faoliyat yurituvçi işçi maydon”ning oçiliş marosimi bölib ötdi.

Ijtimoiy sohani rivojlantirişning ustuvor yönalişlarida 2017 yilning I çoragi sarhisobiga köra amalga oşirilgan işlar haqida atrofliça töxtalib ötildi. 

Joriy yilning birinçi çoragida davlat dasturi böyiça aholini ijtimoiy himoya qiliş va soğliqni saqlaş tizimini takomillaştirişga 37,0 mlrd. söm va 9,2 mln. AQŞ dollari yönaltirildi. Aholining bandligi va real daromadlarini bosqiçma-bosqiç oşirişga esa 3 trln. 364,2 mlrd. söm yönaltirildi. 

Xizmat körsatiş (6482), qişloq xöjaligi (4171), sanoat sohasida (6946) 17 599 yangi iş örni yaratildi.