14-15 aprel kunlari Qatar Yulduzlar ligasida mavsumning oxirgi tur uçraşuvlari bölib ötdi.

Uşbu çempionatda töp suruvçi özbekistonlik futbolçilar mavsumni kötarinki ruhda yakunlaşdi. Avvaliga «As-Sayliya» a'zosi Temurxöja Abduxoliqov dubl qayd etib, jamoasining töpurari sifatida mavsumni yakunladi, keyingi kunda Sardor Raşidov («Al-Jaiş») va Sanjar Tursunov («Al-Haraytiyat») öz jamoalari safida gollarga mualliflik qilişdi.

Abduxoliqov a'zosi bölgan «As-Sayliya» klubi öz maydonida «Al-Vakra» ustidan 3:1 hisobida zafar quçdi. Abduxoliqov öyindagi birinçi va oxirgi gollarni urdi. «As-Sayliya» safidagi yana bir özbekistonlik futbolçi Sanjar Şoahmedov ham öyinda iştirok etdi.

Mavsumning ikkinçi davrasida «As-Sayliya» safiga qöşilgan Temurxöja Abduxoliqov 10ta öyinda maydonga tuşib, 7ta gol urdi.  U mavsum davomida şunça gol urgan (24ta öyinda) jamoadoşi Muhammad Muttazir bilan bir xil natija qayd etdi.  «As-Sayliya» mavsumni 31 oçko töplagan holda 8-örinda yakunladi.

Sardor Raşidov va «Al-Jaiş» mavsumni mağlubiyat bilan yakunladi. «As-Sadd»ga qarşi keçgan va 1:2 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan öyinda Raşidov Van Basten uslubida gol urdi. «Al-Jaiş» 45 oçko bilan mavsumni 4-örinda yakunladi. «As-Sadd» bu ğalabadan söng oçkolari sonini 61taga yetkazib oldi va turnirning kumuş medal sovrindoriga aylandi. 

Sardor Raşidov mavsumda 24ta uçraşuvda iştirok etib, 13ta gol urdi. U Yulduzlar ligasi töpurarlari jadvalida 7-örinda joylaşdi.

Özbekistonlik yana bir futbolçi Sanjar Tursunov töp surayotgan «Al-Haraytiyat» jamoasi mavsumning oxirgi turida «Al-Garafa»ni qabul qildi.

Uçraşuvning 9-daqiqasida Sanjar Tursunov hisobni oçuvçi golni urdi. Öyinda Tursunov jamoasi 2:0 hisobida ğalaba qozonib, mavsumni 34 oçko bilan 7-örinda tugatdi. Ikkinçi davrada jamoaga qöşilgan Tursunov 13 uçraşuvda asosiy tarkibda harakat qilib, 2ta gol urdi.

Qatar çempionatida «Lahviya» 63 oçko bilan çempion böldi. Ikkinçi örinni «Al Sadd» (61 oçko), uçinçi örinni «Al Rayyan» (51 oçko) egalladi. «Al Muaydar» va «Al Vakra» ligani tark etdi.

Şu tariqa, Qatardagi özbekistonlik futbolçilar mavsumni yakunlaşdi. Uşbu futbolçilar keyingi mavsumda ham Qatarning birinçi ligasida iştiroklarini davom ettirişadi.