1990 yildan boşlab seriyali işlab çiqariş uçun möljallangan uçar avtomobilni yaratiş ustida işlab kelayotgan Slovakiyadagi AeroMobil kompaniyasi Top Marques Monaco 2017 körgazmasi doirasidagi avtoşouda AeroMobil 3.0 uçar maşinasini namoyiş qiladi. Körgazma Monakoda 20-23 aprel kunlari bölib ötadi va ekstra sinfdagi avtomobillarni namoyiş qilişga ixtisoslaşgan. 

Uçar maşina taqdimotidan keyin istalgan odam uşbu avtomobil uçun buyurtma berişi mumkin. Uşbu noodatiy maşinaning narxi e'lon qilinmagan, biroq taxminlarça, bir neça yuz ming dollar turişi mumkin.

AeroMobil 3.0 parvozi uçun 200 metrgaça uzunlikdagi uçiş polosasi talab qilinadi hamda ötli qoplamaga ega aerodromlardan ham uça oladi. Maşinada vertikal uçiş közda tutilmagan. Maşinaning eni qanotlari oçilgan holatda 8,32 metrni, standart holatda esa 2,24 metrni taşkil qiladi. Avtomobil uzunligi 3,06 metr keladi. Körgazmada maşinaning ikki örindiqli versiyasi namoyiş qilinadi, kelgusida esa kompaniya maşinaning 4 örindiqli variantini işlab çiqarmoqçi.

AeroMobil 3.0 4 ğildirakli asosda loyihalangan. Uçar maşina karbondan tayyorlangan hamda juda yengil – 600 kg oğirlikka ega. U 4 silindrli, 100 ot kuçi beruvçi Rotax 912S dvigateli bilan jihozlangan. Maşina havoda 200 km/soat tezlik bilan, yerda esa 160 km/soat tezlik bilan harakatlana oladi. Maşina havoga 130 km/soat tezlik bilan 200 metrlik polosadan kötarila oladi. Maşinaning uçiş uzoqligi 700 km ni, yerdagi yuriş uzoqligi 875 km ni taşkil qiladi. Maşina qönişi uçun 50 metrlik polosa kifoya qiladi.