Jahon banki Özbekiston oliy ta'lim tizimini modernizatsiya qiliş loyihasi uçun 42,2 mln dollar mablağ ajratişga qaror qildi. Respublika Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi mutaxassisi şu haqda Kun.uz’ga ma'lum qildi. Uning aytişiça, ötgan hafta oxirida imzolangan kredit bitimi “oliy ta'lim sohasida axborot tarmoğini barpo etiş”ga yönaltiriladi.
Bundan taşqari, öquv va ilmiy laboratoriyalarni yangi jihozlar bilan ta'minlaş hamda ilmiy işlar sifatini kötariş maqsadida grantlar taqdim etuvçi maxsus jamğarma, elektron kutubxonani taşkil etiş ham mazkur kredit mablaği hisobidan qamrab olinadi. Şu bilan birga, vazirlik vakilining aytişiça, bu maqsadga davlat byudjyetidan ham mablağlar ajratiladi.
Mutaxassisning aytişiça, Jahon banki krediti 2017-2022 yillarga möljallangan bölib, jami 42,2 mln dollar bosqiçma-bosqiç özlaştiriladi.
Şuningdek, Islom taraqqiyot banki kredit mablağlari hisobidan ham turli loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişuvlar ustida iş olib borilmoqda. Islom Taraqqiyot bankining jalb qilinişi rejalaştirilayotgan 44,48 mln dollarlik mablağlari ham asosan oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy öquv-laboratoriya jihozlari bilan ta'minlaşga qaratiladi.












