2017 yilning 9 aprel kuni Andijon viloyati, Andijon şahar, Amir Temur köçasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan “Lasetti” rusumli transport vositasi töxtatilib tekşirildi. Ma'lum bölişiça, haydovçi Andijon viloyati, Andijon şahar 1-kiçik daha, 5-uy, 46-xonadonda yaşovçi, 1978 yilda tuğilgan S. Rustamjon transport vositasini spirtli içimlik iste'mol qilgan holda boşqarayotganligi aniqlangan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan taşqari, 2017 yilning 11 aprel kuni Andijon viloyati, Andijon şahar, A.Yuldaşev köçasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan “Neksiya” rusumli transport vositasi töxtatilib tekşirilganida, haydovçisi Andijon viloyati, Andijon şahar, Nayman köçasi 30-uyda yaşovçi, 1986 yilda tuğilgan M. Rustamjon transport vositasini spirtli içimlik iste'mol qilgan holda boşqarayotganligi aniqlandi. 

Şuningdek, 2017 yil 11 aprel kuni Andijon viloyati, Andijon tumanida joylaşgan muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan “Neksiya” rusumli transport vositasi töxtatilganida, haydovçi xodimning töxtaş töğrisidagi işorasiga böysunmasdan harakatni davom ettirgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu transport vositasi töxtatildi. 

2017 yil 11 aprel kuni Andijon viloyati, Andijon tumani hududida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan “Damas” rusumli transport vositasi töxtatilganida, haydovçi xodimning töxtaş töğrisidagi işorasiga böysunmasdan harakatni davom ettirgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu transport vositasi ham töxtatildi. 

Uşbu holatlarda haydovçilarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, transport vositasi vaqtinçalik jarima maydoniga qöyildi.