Özbekiston milliy xavfsizlik xizmati xodimlari 16 kişidan iborat ekstremistlar guruhi faoliyatiga çek qöydilar. Ularning barçasi Krasnodarda işlab yurgan çoğlarida ekstremistik guruh a'zolariga aylanişgan. Bu haqda Sputnik muxbiriga kuç tizimi vakili xabar qilgan.

Krasnodardagi diniy-ekstremistik guruhni özbekistonlik Olimjon Hasanov va Maqsad Matyaqubovlar taşkil etişadi. Ular guruhga boşqa vatandoşlari: Ğayrat Yaqubov, Ötkir Matyaqubov, Azamat Pölatov, Murot Aşirov, Jörabek Qurbonov, Jasur Matyaqubov, Şerzod Yazilov, Davron Matkarimov, Ikrom Yöldoşev, Sanjar Sobirov, Quvonç Madaminov, Tölqin Madaminov, Odilbek Matkarimov va Hamro Asqarovlarni jalb etişadi.

Ekstremistik guruh a'zolari tunlari yiğilişib, internet orqali IŞID terrorçilik taşkilotining faoliyati bilan boğliq videolavhalarni tomoşa qilişgan. Ular jangarilar safiga qöşiliş maqsadida Suriyaga borişni möljallaşadi. Guruh a'zolari şuningdek, IŞID tomonida jang qilayotgan tödalarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida "umumiy jamğarma"ga har biri har oyda 2-3 ming rubldan pul taşlab turişadi.

Ular muntazam yiğilişlari çoğida Özbekiston konstitutsion tuzumini ağdarişga da'vat qiluvçi yozuvlarni tinglaşadi, IŞID terrorçilarining murojaatlari yozilgan lavhalarni tomoşa qilişadi.

Özbekiston huquqni muhofaza qiliş organlari ularga nisbatan jinoyat işi qözğatdi va guruhning yetti nafar a'zosi mamlakatga qaytib kelganlarida hibsga olindi. Ekstremistik guruh a'zolari bilan boğliq jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Gurlan tuman sudida körib çiqildi.

Azamat Pölatov, Ğayrat Yaqubov, Ötkir Matyaqubov va Davron Matkarimovlar 8,5 yil, Ikrom Yöldoşev 6,5 yil, Tölqin Madaminov, Sanjar Sobirov va Quvonç Madaminovlar 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Olimjon Hasanov, Maqsad Matyaqubov, Murot Aşirov, Şerzod Yazilov va Jörabek Qurbonovlar Turkiya orqali Suriyaga ötib ketişga muvaffaq bölişgan. Ularga sirtdan ayblov e'lon qilindi va ularga nisbatan qidiruv e'lon qilindi.

Jasur Matyaqubov şuningdek, Jinoyat kodeksining 244-2 moddasi bilan aybdor deb topildi va uç yil muddatga axloq tuzatiş işlariga hukm qilindi. Odilbek Matkarim va Hamro Asqarov bilan Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tegişli profilaktika suhbatlari ötkazilgan.