Özbekiston tomoni Qozoğiston hududidagi suv omborlarida töplangan ortiqça suvlarni qabul qilişga tayyor. Bu haqda Qozoğiston boş vaziri örinbosari Asqar Mirzaxmetovga asoslangan holda Today.kz xabar bergan.
«Biz "Kazgidromet" ma'lumotlariga egamiz. Ikki milliard kubometrga yaqin suv töplangan. Şardarada yana 500 million kubometr suv yiğilişi mumkin. Hozirça jiddiy xavf yöq, agar xavf tuğilsa ham biz Özbekiston tomoni bilan kelişib olganmiz, ortiqça suvning bir qismini ularning hududiga yuborişimiz mumkin», – degan Mirzaxmetov.
16 aprel kuni Şarik daryosiga quyiladigan Jyembarak daryosida suv köpayişi natijasida Ruzayevka qişloğida suv sathining favqulodda tez kötarilişi holati kuzatilgan. Oqibatda 185ta uyni suv bosgan. Zudlik bilan evakuatsiya işlari amalga oşirilgan.
15 aprel kuni esa Qozoğistonning Aqmola viloyati Otbosar şahrida favqulodda holat yuzaga kelişi xavfi paydo bölgan — şahar oldidan oqib ötuvçi Jabay daryosi töğonni yuvib keta boşlagandi. Vaziyat oğirlaşgaç, hududga qöşimça kuçlar yönaltirilgan.
Qozoğiston Boş vaziri Bakitjan Sagintayev favqulodda kengaş davomida hukumat a'zolariga tabiiy ofatlarga oldindan tayyorgarlik köriş topşiriğini bergan. Vazirlar Mahkamasi rahbari mamlakatda röy bergan hodisa — hukumat tomonidan yöl qöyilgan xato natijasi ekanini ta'kidlagan.
Sönggi xabarlarga köra, suv toşqini 3 kun içida Ostonagaça yetib kelişi mumkin.
















