Özbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga yangi boş direktor tayinlandi. Bu haqda hukumat portalida xabar berildi.
2017 yil 13 apreldagi Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2890-son qaroriga muvofiq Boltabayev Mahmudjon Rustamoviç Özbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi boş direktori lavozimiga tayinlangan.
Joriy yilning 17 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot işlarini taşkil etiş, boşqariş va moliyalaştirişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi. Mazkur qaror bilan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov rahbarligida Fan va texnologiyalar böyiça davlat komissiyasi tuzilib, uning zimmasiga ilmiy-texnika sohasida yagona davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş, innovatsion siyosatning ustuvor yönalişlarini belgilaş vazifalari yuklandi.
Mazkur komissiyaning işçi organi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi faoliyati tugatilayotgan Fan va texnologiyalarni rivojlantirişni muvofiqlaştiriş qömitasi negizida Özbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi taşkil etildi.












