28 iyul kuni bölib ötgan ovoz berişda Jyey Kleyton AQŞ Milliy razvedkasi direktori lavozimiga rasman tasdiqlandi. Uning nomzodini prezident Donald Tramp iyun oyida Senatga taqdim etgan edi.
AFP agentligi ma’lum qilişiça, dastlab demokratlar Kleyton nomzodini Milliy razvedka rahbari vazifasini vaqtinça bajaruvçi Uilyam Pultega nisbatan maqbulroq variant sifatida baholagan. Biroq Senatdagi eşituvlar davomida ularning munosabati özgardi.
Xususan, demokrat senatorlar Kleytondan 2020 yilgi prezidentlik saylovida Jo Bayden ğolib bölganini tan oladimi, degan savolni bir neça bor bergan. Kleyton esa Bayden saylov ğolibi sifatida “e’tirof etilgani“ni aytgan, ammo töğridan töğri javob berişdan tiyilgan. Donald Tramp esa bir neça yildan buyon uşbu saylov natijalari soxtalaştirilganini da’vo qilib keladi, biroq bu iddaolarni tasdiqlovçi dalillar mavjud emas.
Jyey Kleyton 2025 yildan beri Nyu-York janubiy okrugi federal prokurori sifatida faoliyat yuritib kelgan. U bir qator şov-şuvli işlarga rahbarlik qilgan, jumladan, Venesuelaning sobiq rahbari Nikolas Maduroga nisbatan giyohvandlik moddalari noqonuniy aylanmasi böyiça tergovni ham nazorat qilgan.
Şunga qaramay, Kleytonning razvedka yoki milliy xavfsizlik sohasida amaliy tajribasi yöq. Endi u AQŞning razvedka hamjamiyatini boşqaradi. Uşbu tizim tarkibiga 18 ta idora, jumladan, Markaziy razvedka boşqarmasi (CIA), Milliy xavfsizlik agentligi (NSA) va Mudofaa vazirligi razvedka boşqarmasi (DIA) kiradi.
Avvalgi Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard may oyida turmuş örtoğining oğir kasalligi sabab lavozimini tark etgan edi. Şundan söng Donald Tramp vazifani vaqtinça Uilyam Pultega yuklagan. Ammo uning razvedka sohasida tajribasi yetarli emasligi ikki partiya vakillari tomonidan tanqid qilingan.
AFP ma’lumotlariga köra, Pulte qisqa muddatli rahbarligi davomida Donald Trampning ayrim siyosiy raqiblariga nisbatan jinoiy ta’qib masalasini körib çiqiş uçun materiallar yuboriş taşabbusi bilan çiqqan hamda Milliy razvedka direktori apparatida keng kölamli qisqartirişlarni amalga oşirgan. Uning ma’lum qilişiça, beşinçi bosqiç qisqartirişlardan keyin idora markaziy apparati xodimlari soni qariyb 30 foizga kamaytiriladi.
Jyey Kleyton ilgari AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasi (SEC) raisi sifatida ham işlagan. Şuningdek, u Sullivan & Cromwell yuridik firmasida faoliyat yuritib, huquq sohasida katta tajriba orttirgan.

















