Qarağandadagi Zamzagul Mamalinova va Duman Ospanovlar oilasida yetti qiz farzanddan keyin uzoq kutilgan öğil - Nurtileu dunyoga keldi. Juftlikning tönğiç qizi - 25, kenjasi - 2 yoşda. Nur.kz naşrida şu haqida xabar berildi.

42 yoşli ayol ilk farzandini dunyoga keltirganida 18 yoşda bölgan. U turmuşga çiqişdan avval bunday katta oilani xayoliga ham keltirmaganini tan oladi.
Köp bolali ota-ona öz farzandlarini heç kimdan kam qilmay, yaxşi tarbiyalaş va munosib bilim berişga harakat qilgan.
Ospanovlarning ikki tönğiç qizi oliy ma'lumot olişga ulgurgan, ular turmuşga çiqib, işga ham tuşişgan.

Uçinçi qiz farzand tibbiyot kollejida tahsil oladi. Kiçik qizlar turli tögaraklarga qatnaşadi.
"Men doim işlaganman, çunki işlamasak bölmaydi. Har doim turmuş örtoğimga yordamlaşişga harakat qilganman", - deydi Zamzagul.
Şirin taşvişlariga qaramay, Zamzagul ikki oliy ma'lumot (filologik va yuridik) olişga muvaffaq bölgan, u ön yildan ortiq tajribaga ega.
Hozirga kelib, köp farzandli ona yana bola ta'tilida. Zamzamgulning eri "Qarağanda Su"da usta bölib işlaydi.
Er-xotin ularning oilasida öğil farzand tuğilganidan benihoya xursand. Yetti opa-singil ukalarini juda e'zozlaşadi.
Bugungi kunda Ospanovlar oilasi sakkiz farzandi bilan qarindoşlarining uç xonali uyida ijarada yaşaydi. Ular turar-joy uçun navbat kutişmoqda, biroq jarayon juda sekin keçmoqda. Avval ular öz uylarida yaşaşgan, biroq noqulay şart-şaroitlar tufayli uni arzimagan pulga sotişga töğri kelgan.
Zamzagulning sözlariga köra, u va eri turmuş qiyinçiliklari oldida heç qaçon boş egişmagan. Tönğiç qizlar ota-onalari ularni voyaga yetkazib, töğri yölga yönaltirgani uçun minnatdor.
"Men doim turmuş örtoğimga, yarim yölda bir-birimizni taşlab ketmasligimizga işonganman. Farzandlarimizda onglilik, mehr-muhabbat va insoniylik tuyğularini tarbiyalaşga harakat qilganmiz. Ularga bir-birini hamda kattalarni hurmat qiliş, xalqimizning ma'naviy qadriyatlarini saqlaşni örgatamiz", - deydi ayol.













