Bugun, 20 aprel kuni poytaxtdagi Milliy matbuot markazida “Oliy ta'lim tizimida yoşlarga oid davlat siyosatining amalga oşirilişi: erişilgan natijalar va istiqboldagi vazifalar” mavzusida matbuot anjumani ötkazildi.

"Matbuot anjumanida Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi mas'ul rahbar-xodimlari, boşqarma boşliqlari, oliy ta'lim muassasalari rektorlari, prorektorlari, iqtidorli talaba-yoşlar hamda OAV vakillari iştirok etişdi.

2016 yil 15 sentabrdan kuçga kirgan “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi Qonun, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi” sohadagi vazifalarni yangi bosqiçga kötardi.

Tadbirda qatnaşgan "Kun.uz" muxbirining ta'kidlaşiça, matbuot anjumanida bugungi kunda mamlakatimizda 59 ta mahalliy va ularning hududlarda 
11 ta filiali, hamkorlikda taşkil etilgan 7 ta xorijiy oliy ta'lim muassasasi filiali faoliyat körsatayotgani aytilgan. Bakalavriatda 260 mingdan ziyod, magistraturada 10 mingga yaqin ortiq talabalar tahsil olmoqda va ularga 22 mingdan ziyod  professor-öqituvçilar ta'lim bermoqda.

Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy işlarda muhim mexanizmlardan keng foydalanilmoqda. Jumladan, “Ma'naviyat kuni”, “Axborot soati”, “Oila-mahalla-ta'lim muassasasi” hamkorligi va “Ota-onalar kuni” va boşqalar. 

Ayni paytda 2017 yil 10 apreldan boşlab, Toşkent şahridagi barça oliy ta'lim muassasalarida Içki işlar vazirligi va Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi hamkorligida “Odam savdosi hudud, çegara tanlamaydigan mudhiş jinoyatdir” mavzusida profilaktik tadbirlar ötkazilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça Komissiya tuziş töğrisida”gi F-4789-sonli farmoyişi ijrosi yuzasidan ham tizimli ravişda işlar olib borilmoqda.  Jumladan, hozirgi kunda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi, Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan joriy yil 10 apreldan boşlab oliy ta'lim muassasalarida kitobxonlik, mutolaa madaniyatini tarğib qilişga qaratilgan tadbirlar ötkazilmoqda.

Talabalarning siyosiy-huquqiy bilimlarini boyitiş, iste'dodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning böş vaqtini mazmunli ötkaziş böyiça “Yagonasan, muqaddas Vatan!”, “Soliq  bilimdonlari”, “Tafakkur sinovlari”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Baxtiyorlar diyori” respublika körik-tanlovlari, Talabalar teatr studiyalari festivallari hamda turli mavzularda ijodiy işlar tanlovlari ötkazilmoqda.  Jumladan, “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika körik-tanlovining mamlakat bosqiçida Samarqand davlat universiteti jamoasi faxrli 2-örinni qölga kiritdi. Ayniqsa, “Özbekiston Respublikasida  yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar Dasturi” bu sohadagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqdi. 

Dunyoda öxşaşi bölmagan uç bosqiçli noyob tizim – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari bölajak yetuk sportçilar uçun öziga xos pillapoya vazifasini ötamoqda. Özbekiston Universiadalari talaba-yoşlarimizni Osiyo, jahon va xalqaro yozgi Olimpiada öyinlarida iştirok etişi va eng qimmatli ğalabalarni qölga kiritişlarida öziga xos poydevor bölib xizmat qilmoqda. Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida ötkazilgan XXXI Yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya öyinlarida  Özbekiston terma jamoasi tarkibida 25 nafar talaba sportçilarimiz iştirok etib, 13 ta medal (3 ta oltin, 2 ta kumuş va 8 ta bronza)ni qölga kiritişdi.  

Ötgan davr mobaynida talabalarning 336 nafari Özbekiston Respublikasi Prezidenti, 843 nafari  “Beruniy”, 1131 nafari “Navoiy”, 552 nafari “Uluğbek”, 241 nafari “Ibn Sino”,  38 nafari “Imom al-Buxoriy” nomli davlat stipenidiyalari sovrindorlari bölişdi.