Prezident Şavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni ikkinçi bor ötkazilayotgan Prezident Olimpiadasining oçiliş marosimida iştirok etdi.

Davlat rahbari sportçi yoşlar, murabbiylar va sport fidoyilarini musobaqa boşlanişi bilan tabrikladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu yilgi bellaşuvlarda yurtimizning turli hududlaridan kelgan 3,5 mingdan ziyod yoş olimpiya va paralimpiya yönalişidagi 26 ta sport turi böyiça kuç sinaşadi. Ularga 1,5 ming murabbiy hamrohlik qilmoqda.

– Har biringiz bu maydonga öz orzungiz, öz maqsadingiz, eng asosiysi, ğalabaga bölgan katta işonçingiz bilan kelgansiz, – dedi prezident sportçilarga murojaat qilib.

Bugun bellaşayotgan yoşlar orasidan ertaga dunyoni hayratga soladigan çempionlar va rekordçilar yetişib çiqişiga işonç bildirildi.

Mirziyoyev sönggi yillarda ommaviy sportdan professional sportgaça, iqtidorlarni saralaşdan xalqaro musobaqalarga tayyorlaşgaça bölgan yaxlit tizim yaratilganini taʼkidladi.

– Bu işlarning zamirida farzandlarimizni soğlom, irodali va mustaqil fikrlaydigan inson etib tarbiyalaşga bölgan intilişimiz mujassam, – dedi davlat rahbari.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ötgan ön yilda sportçilar yirik xalqaro musobaqalarda 5 ming 518 ta medalni qölga kiritdi. Şundan 1 ming 675 tasi oltin medal bölib, bu avvalgi ön yillikka nisbatan uç karra köpdir. Medallarning uçdan biri sportçi qizlar hissasiga töğri kelmoqda.

Yaqinda Samarqandda ötkazilgan Butunjahon şaxmat olimpiadasida yigitlar ikkinçi bor ğolib bölişi ham mamlakat şaxmati tarixida alohida sahifa oçdi.

Yaponiyada ötgan XX yozgi Osiyo öyinlarida Özbekiston terma jamoasi 21 ta oltin, 25 ta kumuş va 24 ta bronza – jami 70 ta medal bilan umumjamoa hisobida beşinçi örinni egalladi.

Prezident bunday natijalar har qanday marraga erişiş mumkinligiga işonç uyğotişini qayd etdi.