AQŞning Arkanzas ştati oliy sudi 20 aprelda ölim jazosini ijro etiş uçun inʼeksiya qöllaşga ruxsat berdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Şu tariqa sud hukumatning qatl etiş huquqini tikladi. Bu ştatda 2005 yildan beri biror marta qatl jazosi ijro etilmagandi.
Ayni vaqtda Arkanzas turmalarida turli jinoyatlar uçun ölim jazosiga mahkum qilingan bir neça kişi bor. Ulardan ikki nafarining qatl etilişi 20 aprelga belgilangandi, yana 6 nafar mahbus aprel oxirigaça qatl etilişi kerak. Biroq ştat oliy sudiga bu işlar böyiça turli arznomalar berilgani sababli, uşbu qatllar ijro etilişi qaçon amalga oşirilişi noma'lum bölib qolmoqda, deb ta'kidlab ötdi axborot agentligi.
Bundan taşqari, qatlni amalga oşirişda qöllanuvçi dori vositalari yetkazib berilişida ham muammolar mavjud, uşbu vositalarning mavjud zaxiralari esa faqat aprel oxirigaça yetadi. Yangi vositalarning yetkazib berilişi uni işlab çiqaruvçi kompaniya bilan sud tortişuvlari sababli savol ostida qolmoqda.
Assoşieyted Press axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Arkanzasda ölim keltirib çiqaruvçi inʼeksiya sifatida rasman uçta vosita – midazolam, vekuroniy bromidi va kaliy xlorid qöllanadi. Odatda bu vositalar jarrohlikda va yurak kasalliklarida işlatiladi.
Bugungi kunda AQŞning 31 ştatida ölim jazosini ijro etişga ruxsat berilgan.






