Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi taşkiloti (IKAO) ekspertlar guruhi 10-21 aprel kunlari Özbekiston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasi tizimini audit qildi. Bu haqda Kun.uz'ga MAK xabar berdi.

Uşbu audit uzluksiz monitoring Mexanizmi doirasida parvozlar xavfsizligini ta'minlaş böyiça nazoratni taşkil etişni tekşiriş böyiça IKAO va Özbekiston Respublikasining özaro anglaşuv Memorandumiga muvofiq ötkazildi.

IKAO qarorgohi auditlar seksiyasi, Germaniya, Fransiya, Kuba va Kanada aviatsiya ma'muriyatlari mutaxassislaridan iborat auditorlar guruhi respublikaning fuqarolik aviatsiyasi, tartibga soliş va nazorat tizimini taşkil etiş, aviatsiya xodimlarini litsenziyalaş sohasidagi parvozlar xavfsizligi böyiça nazoratni ta'minlaş, parvozlarni işlab çiqiş, uçiş muddati, aviatsiya hodisalarini tekşiruvdan ötkaziş va aerodrom ta'minlovi sohasidagi qonunçiligini tekşirişdi. Şuningdek, ekspertlar “Özbekiston havo yöllari” Milliy aviakompaniyasi va “Silk Road Cargo Business” aviakompaniyasi bölinmalariga taşrif buyurişdi hamda u yerda Özbekiston Respublikasi Davavianazorati tomonidan işlab çiqilgan normativ qoidalarni amalga oşiriş bilan tanişişdi.

Audit yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasida parvozlar xavfsizligi darajasini oşiriş böyiça qator tavsiyalar işlab çiqiladi.