Xalqaro kosmik stansiyasi fazogirlari Cygnus fazoviy yuk kemasini Canadarm manipulyatori yordamida “tutib olişdi”. Bu jarayon NASA TV orqali namoyiş etildi.

"U tutib olindi", - degan tutaşiş amaliyotini nazorat qilgan astronavt Peggi Uitson. 

Atlas V raketa taşuvçisi fazoviy yuk kemasi bilan birga 18 aprelda XKSga yöl olgan edi. U Florida ştati Kanaveral burnidagi kosmodromdan fazoga kötarildi. 

Cygnus bortida umumiy vazni 3,5 tonna keladigan yuklar bor. Bular oziq-ovqatlar, ilmiy tajribalar uçun asboblar, oçiq fazoga çiqiş uçun uskunalar va kompyuter ta'minoti. Cygnus, şuningdek, fazoga IceCube tajribaviy mitti sun'iy yöldoşni ham olib çiqdi. 

Ayni vaqtda, XKSda amerikalik fazogir ayol Peggi Uitson, rossiyalik Oleg Novitskiy, fransiyalik Toma Peskelar navbatçilik qilmoqda. 20 aprelda ularga rossiyalik Fyodor Yurçixin va amerikalik Jyek Fişer qöşildi.