Yevropa kosmik agentligi - ESA maʼlumotiga köra, tasvirlar va ölçovlar apparatning ikkita asosiy asbobi orqali olingan. Natijalar ularning işlayotganini tasdiqlagan, biroq sunʼiy yöldoşni töliq foydalanişga tayyorlaş yana qariyb beş oy davom etadi.
Sentinel-3C - Sentinel-3 turkumidagi uçinçi apparat. U okeanlar, quruqlik, muzliklar va atmosfera holati haqida uzoq muddatli ekologik maʼlumotlar töplaşni davom ettiradi.
Qorli Alp toğlaridan Sitsiliyagaça
Birinçi suratda Italiya tabiiy ranglarda tasvirlangan. Kadr Germaniyaning janubiy hududlaridan Sitsiliya va Örta Yer dengizining janubiy qismigaça bölgan maydonni qamrab olgan.
Tasvir markazidan biroz yuqorida Italiyaning muhim qişloq xöjaligi hududi - Po daryosi vodiysi körinadi. Uning yaşil va qönğir maydonlari şimoldagi qorli Alp çöqqilari bilan keskin farq qiladi.
Şarqda Adriatika dengizi Apennin yarimorolini Bolqondan ajratib turibdi. Italiyaning şarqiy sohili böylab suvning oçroq kök tusda körinişi, ehtimol, daryolar dengizga olib kelgan çökindi moddalar bilan boğliq.
Ğarbda esa Tirren dengizining töq rangli suvlari, Sardiniya va Sitsiliya orollari körinadi. Korsikaning katta qismi bulutlar ostida qolgan.
Arktikadagi muzlar va oçiq suvlar

Ikkinçi surat Grenlandiya ğarbidagi Kanada Arktika arxipelagining bir qismini körsatadi. Qor va muz bilan qoplangan orollar, çuqur fordlar hamda oçilib qolgan qoyalar murakkab tabiiy manzara hosil qilgan.
Oçiq suvning töq yuzasida parçalangan muz bölaklari ham körinadi. Arktikadagi muz va suv holatini kuzatiş qutb hududlarida keçayotgan özgarişlarni tuşuniş uçun muhim.
Karib orollari atrofidagi feruza suvlar










