Şimoliy Koreya hokimiyatga Kim Çen In kelgandan keyin raketalarga qarşi mudofaa tizimlarini kuçaytiriş böyiça amalga oşirilgan çoralarga qaramasdan, Janubiy Koreya va AQŞ raketalarini urib tuşirişga imkoniyati yöq. Bu haqda Janubiy Koreyadagi Kyonsan-Namdo viloyati universitetining Uzoq Şarq masalalari instituti tahlilçilarining 24 aprelda çop etilgan xulosalarida aytilgan.

"Ryonxap" axborot agentligining ma'lum qilişiça, uşbu ma'lumotlar "Şimolning yadroviy va raketa dasturlari haqidagi ma'ruza" deb nomlangan hujjatda keltirilgan.  

Mutaxassislarning fikriça, Şimoliy Koreya ayni vaqtda unda mavjud bölgan RQM tizimlari bilan AQŞ va Janubiy Koreya bergan raketa zarbalariga qarşilik körsata olmaydi.

Axborot agentligining ta'kidlaşiça, ma'ruza Janubiy Koreya qurolli kuçlari "Kill-Chain" deb nomlangan, Şimoliy Koreyaga ogohlantiruvçi zarba beriş tizimini işlab çiqiş bilan şuğullanayotgan bir paytda çop etildi. Bu tizim 2022 yilgaça tayyor böladi. 

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, Şimoliy Koreya Pxenyanni va asosiy harbiy bazalarini raketa zarbalaridan himoyalaş tarmoğini 1950-1953 yillardagi Koreya uruşi tajribasidan kelib çiqib qurgan.

Ma'lum qilinişiça, ayni vaqtda Şimoliy Koreya 30 km gaça uça oladigan "yer-havo" turidagi 179 ta SA-2  raketasi, 150 km ta'sir doirasiga ega 38 ta SA-5 raketasiga ega. Şuningdek, Şimoliy Koreyada 15 km gaça uça oladigan SA-3 raketalari ham mavjud.

Janubiy koreyalik mutaxassislarning aytişiça, bu raketalar ötgan asrning 50- va 60-yillarida işlab çiqilgan va AQŞning "Petriot" – PAC-2 tizimlaridan körsatkiçlar böyiça ança ortda qoladi. Ayni vaqtda Şimoliy Koreya öz raketalarini modifikatsiya qiliş va öziyurar pusk qurilmalarini yaratişga harakat qilmoqda.

"Hozirça Şimoliy Koreya AQŞ va Janubiy Koreya raketa zarbalaridan mustaqil himoyalana oluvçi vositalarga ega deyiş qiyin", deb aytdi mutaxassislardan biri.

Avvalroq ma'lum qilingandek, Janubiy Koreya Şimoliy Koreyadagi muhim obektlarni yöq qilişga möljallangan "dengiz-yer" turidagi yangi taktik raketalarni yaratiş işlarini yakunlagan va keyingi yildan ularni işlab çiqarişni boşlaydi. Ta'kidlanişiça, bu raketalarning jangovar kallagi zirhli texnikani va ikkita futbol maydoniga teng hududdagi barça narsani yöq qilişga qodir.  

Şimoliy Koreya esa, kerak bölsa özi AQŞning Janubiy Koreya va Yaponiyadagi bazalariga hamda harbiy kemalariga zarba bera olişini ta'kidlab keladi. Şimoliy Koreya yaqinda ötkazgan sinovlar uning ballistik raketalari Yaponiya sohillarigaça yeta olişi mumkinligini körsatgan. Şimoliy Koreyaning ta'kidlaşiça, bu raketalar AQŞ hududigaça ham yetib borişi mumkin.