Amerikaning Arkanzas ştatida duşanba kuni qotillikda ayblangan ikki şaxs qatl etildi. Har ikki hukm zaharli inʼeksiya orqali amalga oşirilgan, deb xabar berdi Associated Press (AP) agentligi.

Mahalliy OAVning e'tibor qaratişiça, bu AQŞda sönggi 17 yil içida bir kunda birdaniga ikki nafar jinoyatçining qatl etilişi bilan boğliq birinçi holatga aylandi. Oxirgi bor şunday vaziyat Texasda 2000 yilda röy bergan.

Duşanba kuni birinçi bölib 52 yoşli Jyek Jons qatl etildi. U 1996 yilda ayolni zörlagani va öldirgani hamda uning 11 yoşli qizini öldirişga uringani uçun oliy jazoga hukm etilgandi. Jons şuningdek Florida ştatida ham xuddi şunday jinoyatda ayblangan. Zaharli inʼeksiya unga Arkanzas ma'muriy markazi bölgan Litl-Rokdan 120 kilometr şimoli-şarqda joylaşgan qamoqxonada yuborildi.

45 yoşli Marsel Uilyamsning qatli esa himoyaçilari tufayli biroz ortga surilgandi. Huquqşunoslar 1997 yilda ayolni öldiriş va yana ikki qurbonni olib qoçişda ayblangan şaxs qamoqxonada ortiqça vaznga ega bölgani va qator xastaliklarga çalinganini iddao qilişdi. Litl-Rok okrug sudyasi Uilyams advokatlari murojaatini qondirdi, biroq bir soatdan söng bu qaror bekor qilindi.

Eslatib ötamiz, Arkanzas Oliy sudi fevral oyida ştatda 12 yillik tanaffusdan söng ölim jazosini tiklaşga ruxsat berdi. Biroq, öşanda inʼeksiyalar uçun kerakli bölgan preparatlar taqçilligiga duç kelingandi. Yangi preparat esa bir neça kun avval xarid qilindi, hamda keyingi yilning avgustiga qadar işlatilişi mumkin.

Ştat gubernatori Asa Xatçinson aprel oyida sakkizta ölim jazosini amalga oşiriş haqida qaror çiqardi. Bunday şoşilinç qadam tinçlantiruvçi preparatning yaroqlilik muddati yakunlanişiga qadar ulgurib qoliş bilan boğliq.

Arkanzas 2005 yildan beri oliy jazoga hukm qilinganlar qatl etilmaydigan yagona janubiy ştat bölib kelgandi. Bunga ölimga olib keluvçi inʼeksiya yuborilişi bilan boğliq sud jarayonlari sabab böldi.

19 aprel kuni esa Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça Byurosi rahbari Mixael Link AQŞning Arkanzas ştatida bir neça ölim jazosini qisqa muddat içida amalga oşirilişidan taşvişda ekanini bildirdi. Byuro direktori AQŞ hukumatini ölim jazosini butunlay bekor qiliş haqidagi masalani yana bir karra qayta körib çiqişga çaqirdi. 

Ma'lumot uçun, AQŞda ölim jazosi hammasi bölib 31 ta ştatda ruxsat berilgan.