Özbekiston Respublikasi Markaziy banki internet naşrlari tomonidan ma'lum qilingan tijorat banklarining import şartnomalari böyiça tölovlarni amalga oşiriş, şuningdek, mahsulotlar import qilinişi töxtatilganligi haqida xabarlarga raddiya berdi.
«Keyingi kunlarda bir qator internet naşrlarda Özbekiston tijorat banklarida import şartnomalari böyiça va yetkazib berilgan tovarlar uçun tölovlarni amalga oşiriş operatsiyalari töxtatib qöyilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Markaziy bank ma'lum qiladiki, import böyiça keltiriladigan tovarlar (işlar, xizmatlar) böyiça şartnomalar tölovlari öz vaqtida va töla hajmda amalga oşirilmoqda va ularning töxtatib qöyilgani haqidagi gap-sözlar mutlaqo asossizdir.
Ta'kidlaş lozimki, mamlakat tijorat banklari öz mijozlarining xorijiy hamkorlari oldidagi majburiyatlarini bajarişiga bundan keyin ham uzluksiz kömak berib boradi», — deya ta'kidlangan bayonotda.











