OÇL 5-turidan örin olgan «Bunyodkor» - «Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni) jamoalari örtasidagi öyindan keyin mezbonlar ustozi Sergey Luşçan öz fikrlarini bildirdi.
«Nihoyat ğalaba qozona oldik. Bundan ham yaxşi öyinlarimiz bölgandi. Bugun öyinimiz yaxşi çiqdi. Natija ham şunga yaraşa böldi. Şomurodov bugun nihoyat gol urdi, buni katta bayram deyiş mumkin. Umuman öyin yaxşi böldi, muxlislar ham bizni qöllab turişdi.
Otabek Şukurov majburiyat yuzasidan himoyada öynamoqda. Çunki himoyada futbolçilarimiz kam. Miçiç hozir özidan kutilgan öyin körsata olmayapti. Hozirça Şukurov va Aşurmatov tandemi yomon körinmayapti. Mirabdullayev qaytişini kutayapmiz. Uning yuragi bilan boğliq muammo çiqqandi. Endi jarohat oldi. U Özbekistonning eng kuçli markaziy himoyaçilaridan biriga aylanişi mumkin.
26 yoşgaça bölgan öyinçi futbolçi emas deb hisoblaşim taktik yuriş emas. Meni kimdir yaxşi körişi ham kerak emas. Men bu yerga işlaş uçun kelganman. Yoş futbolçilar 26 yoşdan keyin futbolçiga aylanişlari bu fakt, buni men öylab topmaganman. Agar 22 yoşli öyinçi «böldi, men futbolçi böldim», deb töxtab qolsa u keyinçalik yöqolib ketadi. Bunday misollar juda köp», deya Luşçanning sözlarini keltiradi CA.












