Saut-Yorkşir politsiyasi özining Facebook’dagi sahifasida «ijtimoiy xavfli boşqarilgan»ligi uçun uç superkar musodara qilinganini ma'lum qilgan. Avtomobilni boşqarayotgan haydovçi M1 şossesidagi harakatga xalaqit bergan, bu haqda politsiyaçilarga bir neça guvohlar xabar qilgan.
Tartib posbonlari sariq tusli Lamborghini Aventador (suratlarga köra rodster), oq Ferrari (458 Italia’ga öxşayapti) va yaşil rangli McLaren 570S ni uşlaşganini qayd etişgan. Superkarlar haydovçilari şosseda harakatlaniş mobaynida yölning qatnov qismini butunlay egallab olişgan, söngra keskin tormoz berib, oldinda oçilgan yöl böylab katta tezlikda harakatlanişgan. Ular bu işni bir neça marta takrorlaşgan va M1 şossesidagi boşqa haydovçilar politsiyaga qönğiroq qilişga majbur bölişgan.

«Maklaren»ga yopiştirilgan yorliq maşinalar Performance Portfolio firmasidan ijaraga olinganini bildirib turardi. Bu uç superkardan taşqari, taşkilot Lamborghini Gallaro Superleggera va Huracan, Audi R8 V10 Spyder, şuningdek, Carrera 4S, Aston Martin Virage va Nissan GT-R kabi maşinalarni ham ijaraga beradi.
Olib quyilgan avtomobillar nima qilinişi, qoidabuzarlarga nisbatan qanday jazo qöllanilişi haqida aniq xabar berilmagan.













