Amerikaning Twitter korporatsiyasi Buyuk Britaniya politsiyasi va razvedkasiga uşbu ijtimoiy tarmoq xabarlarini tahlil qiluvçi xizmatdan foydalaniş imkonini bermaslikka qaror qildi. Bu haqda Daily Mail gazetasi yozmoqda.

Mazkur xizmat terrorçilar e'lon qilişi mumkin bölgan xabarlarni kuzatiş imkonini berar edi. Naşrning qayd etişiça, bu xizmat turi kelişuvga muvofiq uçinçi kompaniya tomonidan taqdim etilgan. 

Uşbu qaror Britaniya hukumati va maxsus xizmatlar vakillari tomonidan keskin tanqid bilan qarşi olindi. Çunki, bu mamlakatdagi xavfsizlik darajasini pasaytirib yuborişi mumkin, deb yozadi gazeta. 

Ötgan yil may oyida şunday taqiq Amerika maxsus xizmatlariga nisbatan ham joriy qilingan edi. Twitter öz qarorini kompaniyaning içki siyosati bilan izohlagandi. Unga köra, kompaniya ma'lumotlaridan razvedka maqsadlarida foydalaniş taqiqlanadi.

"Biz örnatilgan dasturlaş mahsulotlaridan foydalanuvçi işlab çiqaruvçilar va Gnip (ijtimoiy tarmoqlarni tahlil qiliş xizmati)ga maxsus xizmatlar va boşqa taşkilotlarga Twitter ma'lumotlaridan ta'qib qiliş maqsadida foydalanişlari uçun ma'lumotlarni taqdim etişni taqiqlaymiz", - deya e'lon qilgan edi kompaniya öz blogida.