Pekindagi Qihoo 360 firmasi mutaxassislari zamonaviy maşinalar xavfsizlik tizimida jiddiy zaif joy borligini körsatişdi. Bu kamçilik jinoyatçilarga maşinani juda qisqa vaqt içida olib qoçişlariga imkon beradi.
Xitoyliklar Amsterdamda ötayotgan Hack in the Box anjumanida buni isbotlab berişdi. Maşina öğrilari rolini öynagan ikki kişi maxsus qurilmalar yordamida avtomobil egasidagi pult signalini özgartirib, maşina ustidan nazoratni öz qöllariga olişgan. Bu operatsiya uçun bor-yöği 30 soniya kifoya qilgan.
Qihoo 360 vakillarining aytişiça, ular yiqqan xakerlik qurilmasining tannarxi bor-yöği 22 dollarni taşkil qiladi.












