Özbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim taşkilotlari va xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari filiallarida xavfsizlik tizimlarini takomillaştiriş böyiça yangi nizom tasdiqlandi. Şuningdek, mazkur yönalişda 2026–2027 yillarga möljallangan çora-tadbirlar dasturi ham qabul qilindi.

Hujjatga köra, ta’lim muassasalarida qöriqlaş va nazorat-ötkaziş tizimlari takomillaştiriladi, xavfsizlikning texnik vositalariga qöyiladigan talablar belgilanadi hamda favqulodda vaziyatlarda harakat qiliş tartibi joriy etiladi. Şuningdek, muassasalarda videokuzatuv, kirişni nazorat qiliş, xabar beriş va yonğin xavfsizligi tizimlarini bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qiliş közda tutilgan.

Çora-tadbirlar dasturi doirasida har bir ta’lim muassasasida xavfsizlik böyiça içki rejalar işlab çiqiş, axborot tizimlarini «Xavfsiz ta’lim» platformasi bilan integratsiya qiliş, kiriş-çiqişni nazorat qiliş vositalari va kuzatuv kameralarini yangilaş, şuningdek, qöriqlaş xizmatlari xodimlarining malakasini oşiriş işlari amalga oşiriladi.

Qaror bilan belgilangan çoralar ta’lim muassasalarida öquvçilar, talabalar va xodimlar xavfsizligini yanada kuçaytiriş, favqulodda holatlarning oldini oliş hamda zamonaviy xavfsizlik infratuzilmasini şakllantirişga qaratilgan.