Hindistonda tanasi 160 yoşli qariyaga öxşaş bölgan 21 yoşli Rupeş Kumar ismli yigit topildi. U noyob genetik kasallik – progeriyadan aziyat çekadi.
Yigit boşqa istalgan insonga qaraganda sakkiz marotaba tezroq qarimoqda, deb xabar yozadi Daily Mail. Progeriya sakkiz million insondan bir nafaridagina kuzatiladi.
Uning ota-onasiga hattoki öğillarini sirkka berişlari uçun pul ham taklif qilişgan.
Kumar – bunday xastalikka ega bölgan eng yoşi katta insondir. Odatda bu kasallikka çalinganlar faqat 13-14 yil umr körişadi.

Progeriyaning ilk alomatlari bolada sakkiz yoşida paydo bölgan. Uning ota-onasi Hindiston boş vaziriga maktub yozişdi hamda yordam söraşdi, biroq javob kelmagan.
Rupeşning şifokori Yugantar Pandeyning xabar qilişiça, progeriyaning davosi haligiça topilmagan.
"Bu genetik muammo bölib, u genlarni mutatsiyaga kirişişga majburlaydi", - deydi şifokor.
Ayni damda Rupeşning oilasiga mahalliy xayriya taşkiloti kömak bermoqda.

Şuni ta'kidlab ötiş joizki, aynan progeriya holati yozuvçi Frensis Skott Fitsjyeraldning “Benjamin Battonning sirli tarixi” hikoyasida tilga olingan. Uning asosida yaratilgan kinofilmda esa Bred Pitt boş rolni ijro etdi.
Yagona farq şundaki, Benjamin Batton – qariya bölib tuğilgan qahramon bölib, hayotni teskari yönalişda yaşaydi – qarilikdan yoşlikka.















