Barça qulayliklar mavjud bölgan hozirgi kunda uylar jömraklaridan oqib turgan issiq suv kundalik hayotning bir bölagi. Bu qulayliklar xonadonimizni bir kunga tark etsa ham bizga ança noqulayliklar tuğdirib, qiynab qöyadi. Lekin issiq suvga tölovlarni vaqtida tölaş ba'zi fuqarolarni oğrintirib qöymoqda.

Vaqtida bajarilmagan majburiyatlarni sudning qarori orqali bajarilişini ta'minlaş sud ijroçilarining vazifasi bölib, qonun ustuvorligini ta'minlaş maqsadida ular tinmay öz faoliyatlarini amalga oşirib kelmoqdalar. 

Sud departamenti matbuot xizmatining bergan ma'lumotlarga köra, sud ijroçilarining Olmazor tumani bölimi iş yurituvida 2017 yil davomida 31,5 mingta, ya'ni 13,5 mlrdga yaqin sömlik ijro xujjatlari mavjud bölgan, şundan 27.764 ta ya'ni 10,5 mlrd sömdan ortiği “Toşissiqquvvat” foydasiga qarz undiriş töğrisida ijro xujjatlarini taşkil etadi. 

Foto: Kun.uz

Şundan, 19,5 mingta, ya'ni 7,6 mlrd sömdan ortiq ijro xujjatlarining ijrosi ta'minlangan. Qoldiqdagi qarzdorliklarni undiriş maqsadida şu kunlarda  58 ta guruh taşkil etilib jami 180 nafar xodim, şundan 112 nafar sud ijroçilari hududlarga safarbar qilingan va buning natijasida 1,2 mlrd söm dan ortiq mablağ “Toşissiqquvvat” foydasiga undirildi. Natijada jami 3 mingga yaqin sud hujjatlarining ijrosi amalda ta'minlandi. 

Tadbir davomida qarzdorliklar işçi guruhlar tomonidan naqd pul va terminal orqali undirilayotgan bölsa, ayrim holatlarda qarzdorlarning mol-mulkini xatlaş yöli bilan ham amalga oşirilmoqda. 

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Ayni damda Olmazor tumanida tadbir davom etmoqda.