2026 yil 1 iyuldan barça savdo va xizmat körsatiş sohasidagi yuridik şaxslar tomonidan yagona QR-kodli tölov tizimi orqali tölovlarni qabul qiliş majburiyligi belgilandi. Soliq qömitasi mazkur tartib böyiça tuşuntiriş berdi.
Qömitaning bildirişiça, bu talab tölovlar faqat yagona QR-kod orqali qabul qilinişi şart degani emas.
“Yagona QR-kod xaridor uçun qöşimça tölov usullaridan biri sifatida mavjud bölişi kerak, xolos. Şuningdek, xöjalik yurituvçi sub’yektlar özlarining ixtiyoriy tanlovi asosida davlat reyestriga kitirilgan tölov taşkilotlarining QR-kodlari hamda bank kartalari, naqd pul va qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa tölov usullaridan foydalanişi mumkin”, deyiladi qömita izohida.
Qayd etilişiça, soliq organlari tomonidan uşbu jarayonga aralaşuvga yöl qöyilmaydi.
“Ta’kidlaş kerakki, Soliq qömitasi hisob-kitoblarni amalga oşiriş tartibini belgilaş vakolatiga ega organ hisoblanmaydi. Agar soliq xodimlari tomonidan davlat reyestriga kiritilgan tölov taşkilotlarining QR-kodlarini olib taşlaş böyiça noqonuniy harakatlar bölsa, bu haqda Soliq qömitasining 71 244-98-98 raqamli işonç telefonlariga murojaat qilişi mumkin”, deyiladi qömita rasmiy munosabatida.









