AQŞ Davlat kotibi Reks Tillerson National Public Radio uçun bergan intervyusida aytib ötişiça, uning Moskvaga taşrifi vaqtida heç qanday masalaga javob olinmagan. U Rossiya «global dunyoviy tartibda ijobiy yoki vayronkor rol öynaşni istaşi» borasida bir töxtamga kelişi lozimligini qöşimça qilgan.
«AQŞ va Rossiya örtasidagi munosabatlar «sovuq uruş» davriga soliştirganda ham yomon holatga kelgan va Moskva bu fikrga qöşildi. Biz bu uçraşuvda heç narsani hal qilmadik», — degan u.
Reks Tillerson Moskvaga 11—12 aprel kunlari taşrifini amalga oşirgandi. U prezident Vladimir Putin hamda Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar ötkazgandi.












