Özbekistonda 2010-2016 yillar davomida benzin işlab çiqarilişi 26,2 foizga, dizel yonilğisi işlab çiqarilişi esa 8,3 foizga kamaygan. Şu bilan birga milliy iqtisodiyotimizning ösib borişi natijasida neft mahsulotlari, ayniqsa, avtobenzin va dizel yonilğisiga bölgan talab ham ortmoqda. Bu haqda ÖzA axborot agentligi xabar bermoqda.
Bu ma'lumotlar "Özbekiston Respublikasi aholisining neft mahsulotlari va tabiiy hamda suyultirilgan gazga bölgan ehtiyojlarini ta'minlaş" mavzusida ötgan seminar davomida keltirildi. Seminar Oliy Majlis Quyi palatasining Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi tomondan ötkazildi.
Seminarda «Özbekneftgaz» tizimidagi korxonalar tomonidan mamlakatimiz aholisining neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gazga bölgan ehtiyojini ta'minlaş yuzasidan olib borilayotgan kompleks işlar haqida ma'lumot berildi.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, "Özbekneftgaz" kompaniyasi tomonidan uglevodorodlarni oliş böyiça işlar Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor, Surxondaryo, Farğona neft-hududlarida davom etmoqda. Mamlakatimizda bugungi kunda 141 neft va gaz koni faoliyat körsatmoqda.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning asosiy yakunlari va 2017 yilga möljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlariga bağişlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida 2010-2016 yillar mobaynida qariyb 20 milliard dollarlik kapital qöyilmalar kiritilganiga qaramasdan «Özbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi tomonidan suyuq uglevodorod va tabiiy gaz qazib oliş hajmi kamaygani, xom aşyo importi 1,3 barobar köpaygani, berilgan topşiriqlar öz vaqtida bajarilişi bilan boğliq işlar yetarli darajada emasligi körsatib ötilgan edi.












