Kremlga köra, Putin va Trampning telefon qönğiroği Ukraina uruşi böyiça tinçlik muzokaralarining borişiga umuman taʼsir qilmaydi. Yaʼni Moskva nazdida bu qönğiroqning uruş uçun deyarli ahamiyati yöq.

Reuters'ning yozişiça, Putin Tramp bilan muloqotda Ukrainaning ötgan Rossiyadagi parlament saylovi vaqti Moskvaga uçirgan dronlari sabab muzokaralarni qayta boşlaş imkoniyati barbod qilinganini gapirgan.

Tramp saylanganidan beri uruş borasida Vaşingtonning harakatlari natijasiz qolib kelmoqda.

Telefon muloqotidan bir kun avval esa davlat kotibi Rubio Rossiyaning Ukrainadagi uruşi daxşatli vaziyatga tuşib qolganini, AQŞ esa uni tugatiş payida ekanini taʼkidlagan.

Putin ötgan oy parlament saylovlaridan keyin Ukraina bilan muzokaralarni qayta boşlaşga rozi ekanini aytgan edi, biroq Kiyevning hujumi uni fikridan qaytargan. Yoxud uning özi şunday deb masalani çözmoqda.

«Kiyev asosiy ovoz beriş kunida Moskva, boşqa şaharlar va saylov uçastkalariga, şuningdek, saylovni taşkil etişda iştirok etgan muayyan şaxslarga katta dron hujumini amalga oşiriş orqali muzokaralar jarayonini darhol qayta boşlaş imkoniyatini samarali ravişda barbod qildi», dedi Kremlning taşqi siyosat böyiça yordamçisi Yuriy Uşakov Tramp bilan bölgan qönğiroq haqida fikr bildirarkan.

«Va endi, prezident aytganidek, biz bu muzokaralarni qaçon qayta boşlaş mumkinligini körib çiqamiz», deya qöşimça qildi u.

Uşakov şuningdek, Putin va Tramp telefon qönğiroği davomida yirik iqtisodiy taşabbuslarni, jumladan, Rossiya yoqilğisini yetkazib beriş imkoniyatlarini muhokama qilganini aytdi.

Tramp ham Truth Social'dagi sahifasida Putin bilan juda muvaffaqiyatli muzokarani yakunlagani, endi Rossiya Amerika va global bozorga 300 ming tonnadan ortiq dizel yoqilğisini yetkazib berişini eʼlon qildi.

Uning qöşimça qilişiça, noyabr oyida yana 500 ming tonna, undan söng darhol 1 million tonna dizel yetkazib beriladi.

«Rossiya dizelni qayta işlaş zavodlarining holatidan kelib çiqib, qisqa vaqt içida jami 3 mln tonna dizelni yetkazib beradi. Hörmuz ustidan nazoratimiz va Rossiya energiyasi böyiça uşbu ajoyib eʼlon sabab dizel narxlari dunyoda rekord darajada pasayadi», deb yozdi AQŞ prezidenti.