Futbol muxlisi Özbekiston terma jamoasi körsatayotgan öyinlar böyiça mulohazalarini bildirdi.
«Suriyaga qarşi toşloq maydonda öynagandik». Ahmedov terma jamoa va Xitoydagi qiyinçiliklar haqida
Tribuna.uz’ning “Instagram” sahifasida milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedovning jurnalist savollariga bergan javobini öqib, hayron qoldim. Maqola ostiga öz fikrlarimni qoldirdim, ne ajabki, ma'lum vaqtdan söng men qoldirgan şarhlar öçirib taşlanibdi. Hayron qoldim va öşa yerda qoldirgan muxtasar fikrlarimni kengaytirib, yana sizlar bilan örtoqlaşişga qaror qildim.
E'tiborimni birinçi bölib tortgan narsa Odil Ahmedov Suriya bilan bölgan öyinda toşloq maydonda öynaşgani va havoni noqulay ekanligini “bahona” qilgani.
Yuqorida aytib ötilgan suhbatda bildirilgan fikrlar, kimsan Odil Ahmedovga umuman yaraşmaganligini nafaqat men, balki köp sonli muxlislar e'tirof etişdi. MTJ sardoriga hurmatimni izhor qilgan holda öz qaraşlarim bilan örtoqlaşsam.
Kezi kelganda aytib ötiş joiz, men va men kabi juda köpçilik muxlislar farzandlarimiz Ahmedov kabi maşhur, omadli, qobiliyatli, mehnatsevar va vatanparvar (Suriya bilan bölgan öyin va jurnalist bilan bölgan suhbat bundan mustasno) bölişini orzu qilamiz. Odil Ahmedov darajasiga yetiş yuzlab, minglab va millionlab yoşlar va ota-onalarning orzusi.
Zotan, şunday mavqega ega bölgan jamoa sardori öziga yaraşadigan gaplarni gapirsa obrösiga obro‘, hurmatiga hurmat qöşiladi.
Biz muxlislar ham juda yaxşi tuşunamizki, har qanday kuçli jamoa ham ma'lum öyinlarda mağlubiyatga uçrab turadi, bunga tarixdan misollar köp, uzoqqa bormasdan “Barselona” klubining Yevropa çempionlar ligasidagi kutilmagan natijalari-yu, Braziliyani jahon çempionatidagi ahvolini keltiriş yetarli. Yoki Angliya Primer-ligasida çempion jamoa öz maydonida autsayder jamoaga mağlubiyatga uçrab turişi öta oddiy hol.
Binobarin, Özbekiston milliy terma jamoasi Braziliya ham, “Barselona” ham emas. Bu bizning terma jamoa va har qanday holatda ham biz MTJni sevamiz va qöllab-quvatlaymiz, şaxsiy fikrlarimga savol bera oliş imkoniyatidaman.
Demak boşladik: stadion
Odil Ahmedovning aytişiça, stadion toşloq va notekis bölgan. Ana öşa alamli va kutilmagan mağlubiyatni bevosita stadiondan kuzatiş baxtiga muyassar bölgan kam sonli muxlislardan biri sifatida va Malayziyada 7 yildan beri yaşaşimni hisobga olib, aniq ayta olamanki, sardorimizning bu javoblari özlariga umuman yaraşmapti.
Hammamizga ma'lum, Suriyadagi siyosiy notinçlik tufayli uşbu terma jamoa uy öyinlarini Malayziyada ötkazayapti. Agar adaşmasam Malayziya tomoni Suriyadan öyinlar uçun umuman haq olmayapti yoki minimal miqdorda olyapti, yordam tariqasida. Sababi — agar hukumatlar yoki futbol federatsiyalari kelişuvi dunyo standartlari darajasida bölganda va Suriya tomoni xalqaro standartlar böyiça ijara haqi tölaganida öyinlar Malayziyadagi eng yaxşi stadionlardan birida bölgan bölar edi: "Bukit Jalil Neyşnl Steydiyum", "Şah Alam Steydiyum", "Steydiyum Merdeka" kabi.
Aslida Malayziya tomoni anu şu stadionlardan birini bersa ham köp narsa yöqotmas edi, endi bunisi bizga boğliq bölmagan masala.
Bilişimça, Suriya avvalgi öyinlardan birini Seremban ("Tuanku Abdurrahman Steydiyum") şahridagi mahalliy stadionda ötkazdi. 15 noyabrda bölib ötgan öyin haqiqatdan juda noqulay ob-havo şaroitida ötdi. Öyin vaqtida juda kuçli yomğir yoğdi (Malayziyada bu normal holat) va stadionni sifati ham yaxşi emasligidan kam sonli muxlislar “loy jangi”ga guvoh bölişdi. Qiziquvçilar Youtube’dan qidirib körişsa böladi. Öyin durang natija bilan tugadi va bu biz uçun ayni muddao edi.
Endi Suriya - Özbekiston öyiniga qaytsak.
Aslida, bu öyin ham aynan Seremban şahrida bölişi kerak edi, öyin çiptasi bunga guvohlik beradi (öğlim esdalik uçun saqlab qöydi).
Adaşmasam avvalgi öyinni körgan mutaxassislar maydon sifatidan qanoat hosil qilişmagan va Malayziya futbol ittifoqidan boşqa sifatliroq stadion berişni söraşgan. Ne ajabki, öyin Kuala Lumpur şahrida va atrofida joylaşgan eng sifatli stadionlar qolib, poytaxtdan 100 km çaqirim uzoqda joylaşgan tarixiy şahar Melakka ("Hang Jyebat Steydiyum") köçirilgan.
40 ming tomoşabinga möljallangan stadionning VIP sektoridan öyinni tomoşa qilgan muxlis sifatida şuni aytişim mumkinki, öşa kungi mağlubiyatda na stadion çimining sifati, na ob-havoning ta'siri böldi.
Şunçaki, MTJ a'zolarida şijoat, iştiyoq, ğayrat, yaratuvçanlik, vatanparvarlik, jamoaviy öyin va taktika (uning-ku umuman bölganiga şubham bor), yetişmadi.
Aksinça, Suriya terma jamoasi ança mazmunli öyin namoyiş qildi va haqli (biz uçun alamli) ğalabaga erişdi.
Gohida inson öz kamçiligini va raqib ustunligini tan olişni ham bilişi kerak, öziga yaraşmaydigan bahona qidirmasdan. Yana bir qiziq holat, agar bizning jamoa toşloq stadionda öynagan bölsa, nima, Suriya yumşoq, gilamli stadionda gol urdimi?
Ob-havo
Bilamiz, Janubiy Şarqiy Osiyo davlatlari ob-havosi bizning jannatmonand ölkamiz havosiga yoki Turkiya sölim göşalariga aslo tenglaşa olmaydi. U yerda töp tepiş ança murakkab. Lekin insof bilan aytganda 23 mart kungi ob-havo Malayziya şaroitida bölişi mumkin bölgan eng zör havodir va bundan ortiğini kutib bölmaydi.
Osiyo davlatlarida ob-havo noqulay, namlik yuqori, dim, lekin şu yerda ham sport musobaqalari ötkaziladi, minglab yoşlar sport bilan şuğullanadi va qaysidir darajada muvaffaqiyatga erişib kelişmoqda.
“Johor Darul Tazim jamoasi” Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogini 2015 yilda qölga kiritdi. Bizning MTJ bitta öyinni şunday şariotda ötkazgan bölsa, ular mavsum davomida şu yerda öynab, şu yutuqqa erişişdi. Fikri ojizimça, bu omil mağlubiyat uçun asos böla olmaydi.
Rahmatli qiziqçimiz Hojiboy Tojiboyev dehqonlar haqidagi hajviyasida aytganidek, natija yomon bölsa “ob-havo noqulay kelganligi sababli...”, deya bahona topiş Odil Ahmedovdek öyinçi darajasiga umuman mos emas.
Taktika
Bu haqida yaxşisi mutaxassislar boş qotirişsin, lekin oddiy muxlis sifatida aytişim mumkinki, 23 mart kuni öyinçilar ham murabbiylar ham öyinga tayyor emas edilar.
Sabablarini ham qidiriş niyatim yöq, balki bilmasman. Maqola tanqidiy xarakterga ham ega emas, şu sabab voqea tafsilotlarini örganiş, tahlil qiliş va yeçim topişni mas'ul insonlarga qoldiramiz. Muxlislar nomidan şuni aytişim mumkinki, şu işning etagini tutgandan keyin, bola-çaqa şu mehnat bilan boqilgandan keyin, rözğor töp tepiş orqasidan but bölgandan keyin, çin dildan öynaş kerak-da, bahona qilmasdan.
Vatan şa'ni va millat ğururi uçun 90 daqiqa “toşloq” maydonda, issiq havoda töp tepib bera olişmasa nima qilişadi MTJ libosini kiyib?! Bu birgina Odil Ahmedovga emas, barça öyinçilarga tegişli.
Yana qaytarib aytaman, Odil Ahmedovni öyinçi sifatida, MTJ sardori sifatida va inson sifatida juda hurmat qilaman. Öylaymanki, u hali mazmunli öyinlari bilan muxlislarni köp xursand qiladi va bundan-da yuqori mavqega erişadi.
Yuqorida oddiy jonkuyar muxlis sifatida şaxsiy fikrlarimni bildirdim va, albatta, şaxsiy qaraşlarim kimgadir ma'qul bölmasligi mumkin. Fikrlar xilma-xilligi taraqqiyot sari yetaklasa ne ajab.
Hurmat bilan,
Malayziyadan Ikrom Rixsiboyev.












