Bugun, 18 dekabr kuni Özbekiston milliy jamoasi sobiq sardori Odil Ahmedov öz faoliyatiga bağişlangan «Odil Ahmedov: «Orzuning şonli yöli» kitobi taqdimot marosimida futbolçilik faoliyatini yakunlaşini e’lon qildi. 34 yoşli yarimhimoyaçi bu haqda rasman ma’lum qilgaç, tadbirda söz ÖFA prezidenti Abdusalom Azizovga berildi.
«Özbek futboli afsonalaridan biri Odil Ahmedovning faoliyatini yakunlaşiga bağişlangan tadbirda yiğilib turibmiz. Odil özbek futboliga fidokorona xizmat qildi. Milliy jamoada 108 öyinda iştirok etib, faoliyatining katta qismida jamoa sardori sifatida vatanparvarligini namoyiş etgan holda Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov singari futbol afsonalari qatorida özbek futboli tarixidan joy oldi.

Odil hozirgi darajasiga oson yetib kelgani yöq. Juda katta maşaqqatlarni boşdan ötkazgan. U yoş öyinçilar uçun namuna böla oladi. Odil şunçaki öynagani yöq, balki fidoyilik körsatib, hayotda va futbolda özini topdi. Bu juda katta maşaqqat. Nafaqat Özbekistonda, balki «Anji», «Krasnodar» va Xitoyda dunyo yulduzlari qatorida özini örnini topiş har bir özbek yigitiga nasib qiladigan narsa emas. Odil esa mehnat evaziga dunyo yulduzlari bilan bir safda turiş mumkinligini isbotladi.

Albatta, Odil futbolni butunlay tark etayotgani yöq. U yaqin kelajakda özi asos solgan «Odil Junior» akademiyasi orqali Özbekistonga köplab futbolçilarni yetiştirib beradi. Şuningdek, ÖFA va PFLda faoliyat yuritib, özbek futboli va milliy jamoaning jahon çempionatiga çiqişida hissa qöşadi. Odilga yana bir karra rahmat aytib, butun özbek futboli va millionlab muxlislar nomidan minnatdorçilik bildiraman», - dedi ÖFA prezidenti Abdusalom Azizov.
Şundan söng ÖFA rahbari faoliyatini yakunlagan Ahmedovga esdalik uçun «oltin butsa» va billur kubokni topşirdi.

Eslatib ötamiz, Odil Ahmedov 2007 yildan 2021 yilning yozigaça boş jamoamiz safida töp surib, Özbekiston JÇ-2022 uçinçi saralaş bosqiçiga çiqa olmaganidan söng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi. 34 yoşli yarimhimoyaçi Xitoy Superligasi joriy mavsumida «Tsançjou Mayti Layons» safida 7 öyinda maydonga tuşgandi. U faoliyati davomida «Paxtakor», «Anji», «Krasnodar», «Şanxay SIPG» klublarida ham töp surdi.












