Bu haqda futbolçining özi uning faoliyatiga bağişlangan «Odil Ahmedov: «Orzuning şonli yöli» kitobi taqdimot marosimida ma’lum qildi. 

Foto: Tribuna.uz

Özbek futbolining eng yorqin yulduzlaridan biri, uzoq yillar davomida milliy jamoamizda betakror öyinlar ötkazgan Odil Ahmedov 2007 yilda Özbekiston milliy jamoasi safida debyut qilgan. U milliy jamoa libosida 108 öyin ötkazib, 21ta gol urişga muvaffaq böldi. 4ta jahon çempionati saralaşida qatnaşdi, 3 bor Osiyo kubogida iştirok etdi. 2020 yil Ahmedov «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Foto: Tribuna.uz

«Odil Ahmedov nafaqat Özbekistonning, balki öz vaqtida Osiyoning eng yorqin futbolçilaridan biriga aylandi. Ahmedov deganda işonç, fidoyilik, jonkuyarlik timsollari köz oldimizga keladi. ÖFA, özbek futboli jamoatçiligi va muxlislar nomidan Odil Ahmedovga uzoq yillik faoliyati uçun minnatdorçilik bildiramiz. Odil Ahmedovning mamlakatimiz futbolini rivojlantiriş borasidagi keyingi rejalarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz», - deyiladi ÖFA xabarida.

Eslatib ötamiz, Odil Ahmedov 2007 yildan 2021 yilning yozigaça boş jamoamiz safida töp surib, Özbekiston JÇ-2022 uçinçi saralaş bosqiçiga çiqa olmaganidan söng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi. 34 yoşli yarimhimoyaçi Xitoy Superligasi joriy mavsumida «Tsançjou Mayti Layons» safida 7 öyinda maydonga tuşgandi. U faoliyati davomida «Paxtakor», «Anji», «Krasnodar», «Şanxay SIPG» klublarida ham töp surdi.