2017 yil 29 aprel kuni Toşkentdagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti abituriyentlar uçun “Oçiq eşiklar kuni” (Open doors)ni taşkil etdi. Uşbu kunda 2000dan ortiq kollej va litsey öquvçilari özlarining ustozlari, oila a'zolari bilan soat 10:00dan 17:00ga qadar taşrif buyurişdi. 

Kun.uz muxbiri mazkur oliygohda ötkazilgan oçiq eşiklar kunidan fotoreportaj tayyorladi. 

Oçiq eşiklar kunida oliygohga taşrif buyurgan mehmonlarni maxsus köngillilar guruhi qarşi olib, TSMRIdagi ta'lim tizimi, öquv dasturlari, mavjud yönalişlar, fanlar hamda pedagoglar bilan yaqindan taniştirişdi. 

Şuningdek, talabalar öqişga kirişning asosiy talab va mezonlari bilan ham batafsil tuşuntirib ötişdi. 

Ekskursiya davomida abituriyentlar institutning darsxonalari, kututbxonasi, oşxonasi, sport zal, oçiq maydon, suziş havzasi hamda yotoqxonasida ham bölib, u yerdagi şart-şaroitlar bilan tanişişdi. 

Ma'lumot örnida: 2007 yil yanvarda Özbekiston Respublikasining birinçi Prezidenti Islom Karimov Singapur Respublikasi Prezidenti S. Nathan taklifiga binoan Singapurga taşrifi çoğida Özbekiston – Singapur davlatlari örtasidagi özaro manfaatli hamkorlik va dolzarb xalqaro muammolar xususida suhbatda mazkur dargohning oçilişiga tamal toşi qöyilgan.  

Şundan söng, Islom Karimovning 2007 yil 5 sentabrdagi PQ-691-sonli “Toşkent şahrida Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi Qarori asosida uşbu institut taşkil etildi.

 Ayni damda institut Buyuk Britaniyaning Bangor, Sanderlend universitetlarining öquv dasturlari asosida Özbekiston, MDH va boşqa xorijiy davlatlarning jismoniy şaxslari quyidagi yönalişlarda kasbiy rivojlaniş uçun keng imkoniyatlar yaratilgan:

Bangor universiteti (Buyuk Britaniya) dasturlari:

•  Bakalavr (imtiyozli) - Bank işi va moliya
•  Bakalavr (imtiyozli) - Sanoat boşqaruvi
•  Bakalavr (imtiyozli) - Xalqaro mehmondorçilik va turizm boşqaruvi