Imarat Development quriliş kompaniyasi ambassadori, aktrisa Şahzoda Muhamedova öz turmuş örtoği – kompaniya rahbari Marat Hamdamovning hibsga olinişi ortidan videomurojaat eʼlon qildi.

“Va nihoyat asl haqiqatlarni oçiş vaqti keldi. Jasur Azizov özining buxgalteri Hilola bilan birgalikda, jamoasi bilan fitna qilgan holda, men va turmuş örtoğimning yuzidan foydalandi. Marat Xayrullayeviç investor böliş bilan birga, sotuv ofisini va quriliş obyektlarini boşqargan. Jasur Azizov esa faqat çet ellardan olgan uylari: Germaniyada, Londonda, Dubayda, Turkiyadagi köçmas mulklari bilan ovora bölib, faqat şaharma-şahar yurdi», - deydi u.

Instagram’da 6,6 million obunaçiga ega Şahzoda Muhammedova Imarat Development loyihalarini faol reklama qilib kelgan, ayrim loyihalarning rahbari va muallifi özi ekanini ham aytgan. Kompaniya reklamalarida juda köp loyihalar amalga oşirilayotgani taʼkidlansa-da, ulardan birortasi şu kunga qadar egalariga topşirilgani haqida maʼlumot yöq. Marat Hamdamovning özi ham mijozlarga topşirgan uylari haqida biror aniq gap aytmagan.

Xaridorlarning köplab şikoyatlaridan söng ötgan hafta Imarat Development rahbariyati ustidan jinoyat işi qözğatilib, Marat Hamdamov va Jasur Azizov hibsga olingan edi.

Şahzoda Muhammedova şundan keyin eʼlon qilgan videomurojaatida özini ham jabrlanuvçi deb hisoblaşini bildirib, xalqdan uzr söradi. Şu bilan birga, kompaniyadagi muammolarning asosiy sababçisi sifatida Jasur Azizovni körsatdi.

Azizovga nisbatan ötgan haftada Marat Hamdamov ham qator ayblovlarni ilgari surgan edi.

“Öşa telefon suhbatida u özining harakatlari natijasida kompaniyaga yetkazilgan, mening hisob-kitoblarimga köra bir neça million dollarlik zararni bank krediti oliş orqali qoplamoqçi ekanini bildirdi. Men esa bunga qatʼiyan qarşilik qildim. Şundan keyin mening roziligimsiz kompaniya nomi Imarat Development’dan Imtiyaz’ga özgartirildi.Bu bilan ham çeklanmasdan, u öz atrofiga bir guruh şaxslarni töplab, ular orqali menga bosim ötkazişni boşladi. Menga ölim va obrösizlantiriş bilan tahdidlar qildi. Bir neça bor öz ofisimga kirişimga tösqinlik qilindi. Eng açinarlisi, ofisga kelgan mijozlarimizga meni firibgar sifatida körsatişga, şaʼnim va obröyimga putur yetkazişga qaratilgan maʼlumotlar tarqatilmoqda”, -