Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli mutaxassisligi haqidagi diplom va guvohnomalar qalbaki bölgan 10 mingga yaqin amaldorni öz lavozimidan böşatdi. Bu haqda rfi Afrique radiostansiyasi xabar bermoqda.
Radiostansiyasining ma'lum qilişiça, Magufuli 2015 yilda boşlangan hukumat tergovining yakuniy hisobotini olgandan keyin 9 ming 932 amaldorning zudlik bilan iste'foga çiqişini talab qildi. Prezident böşatilgan amaldorlarning örnini qisqa muddatlarda malakali xizmatçilar egallaşini aytdi va OAVga davlat xizmatidan çetlatilgan barça şaxslarning röyxatini tarqatiş iltimosi bilan murojaat qildi.
Ma'lum qilinişiça, Magufuli 2015 yilda prezident bölgandan keyin korrupsiya va firibgarlikka qarşi qaratilgan "şok terapiyasi" siyosatini yurgazişni boşlagan. Uning bu yönalişda qöllagan keskin çoralari "tingatinga", ya'ni mahalliy suaxili tilidan tarjima qilinganda "buldozer" deb atala boşlangan.
Dar us-Salomning siyosiy fanlar universiteti muallimi Benson Baraning aytişiça, prezidentning bu qarori juda zarur edi.
"Öylaymanki, prezidentning 10 mingga yaqin amaldorni böşatiş qarori davlatning manfaatlari yölida qabul qilingan. Davlat xizmati sohasini tartibga soliş kerak edi va prezident aynan şuni amalga oşirdi", deb aytdi Bara.
Uning aytişiça, Tanzaniya kundalik muammolarga jiddiy qaraydigan va mamlakat haqida qayğuradigan kuçli prezidentga muhtoj edi. "Bizga mummolarni jiddiy qabul qiladigan prezident kerak edi", deb aytdi Bara.












