Keniya, Tanzaniya va Italiyadan bölgan xalqaro botaniklar guruhi Tanzaniyaning şarqidagi Udzungva toğli örmonlarida ulkan daraxtlarning yangi turini topdi. Unga Tessmannia princeps nomi berildi. Tadqiqot natijalari Phytotaxa ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
Olimlar uning nozik oq gulbarglari va uçlarida sariq tugunlari bölgan ğayrioddiy gullariga e’tibor qaratgan. Barg va yoğoç namunalari tahlil qilingandan söng, bu ilgari ilm-fanga ma’lum bölmagan yangi tur ekani tasdiqlangan.
Princeps (lotinça «mislsiz») nomi daraxtning ulkan ölçamlari sabab tanlangan: u tropik örmondagi boşqa ösimliklardan baland bölib, juda katta diametrga ega.
Tadqiqotçilar qayta taşrif davomida 100 ga yaqin şunday daraxtlarga duç kelgan. Tabiiy sabablarga köra qulab tuşgan daraxtlarning biridan esa yoğoç namunalari olingan. Tahlil natijalari ba’zi daraxtlar 3 ming yoş ekanini körsatgan.
Tessmannia princeps juda sekin ösişi bilan ajralib turadi: tanasining aylanasi atigi bir santimetrga kengayişi uçun daraxtga 15 yilgaça vaqt kerak böladi. Bu esa uni taşqi ta’sirlarga nisbatan, ayniqsa, zaif qiladi.
Olimlarning ta’kidlaşiça, bunday turdagi daraxtlarni himoya qiliş uçun mintaqada inson faoliyatini qat’iy nazorat ostiga oliş zarur.












