Toşkentda bölib ötayotgan boks böyiça 29-Osiyo çempionatining 46-49 kg vazn toifasida iştirok etayotgan boksçilarning çorak finalda iştirok etuvçilar nomlari ma'lum böldi.

Unga köra, özbekistonlik Hasanboy Dösmatov qozoğistonlik Yerjon Jömartga qarşi ringga kötariladi. Qolgan juftliklar esa quyidagiça:

Amit (Hindiston)                                 –            Kuangi Langu (Indoneziya)
Ganghuyag Gan Erdin (Möğuliston)       –            He Junjun (Xitoy)
Al Masri Hussin (Suriya)                     –           Ladon Rogen (Filippin)

Eslatib ötamiz, Hasanboy Dösmatov çempionat doirasidagi ilk jangida şri-lankalik raqibi Palleha Tsivankani mağlub etdi.

Hozirda 75 kg vazn toifasidagi boksçilarning kuraşi bölib ötmoqda. Unda akrobat boksçimiz Isroil Madrimov falastinlik Abudabat Qosimga qarşi ringga kötariladi.