Amaldagi tartiblarga muvofiq, bojxona çegaralarini kesib ötayotgan jismoniy şaxslar özlari bilan olib ötayotgan tovarlar haqida yölovçi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimining oğzaki sörovlari paytida ma'lum qilişlari şart. Bu talab olib ötilayotgan naqd xorijiy valyutalar va tamaki mahsulotlariga ham birdek taalluqli.
Davlat bojxona qömitasi axborot xizmatining xabar berişiça, “Toşkent-Aero” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xodimlari tamaki mahsulotlarini yaşirin ravişda olib çiqiş maqsadida bojxonaçilarning közini şamğalat qilişga bölgan navbatdagi urinişni foş etişdi.

Gap şundaki, “Toşkent-Istanbul” reysi böyiça parvozga otlangan poytaxtlik Xuşnoda Yaraşeva xorijda pullaş uçun közlangan 2 turdagi 550 quti sigaretlarni bojxona nazoratidan yaşirinça olib çiqiş maqsadida ularni nonlar orasiga yaxşilab bekitadi va körinib qolmasligi uçun yelim skotç yordamida yaxşilab öraydi. Ammo, nazorat-rentgen apparati ekranida uşbu sigaretlar kaftdek aks etişini qoidabuzar inobatga olmagan edi.
Amaldagi tartiblarga köra, Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölmagan, şuningdek Özbekiston Respublikasida doimiy yaşaş joyiga ega bölmagan çet ellik fuqarolarga Özbekistonga kirib keliş vaqtida bojxonaga taqdim etilgan deklaratsiyaga muvofiq respublikaga olib kirgan valyutasi miqdoridagi naqd xorijiy valyutani bojxona bayonnomasida yozma qayd etiş şarti bilan olib çiqib ketişlariga ruxsat etiladi.
Ammo, mazkur tartiblarga rioya qilmay, respublikamizdan naqd xorijiy valyutalarni yaşirin yöllar bilan olib çiqişga urinayotgan qöşni davlat fuqarolari ham uçrab turibdi.
Qaşqadaryo viloyati bojxona boşqarmasining “Qarşi-Kerki” çegara-bojxona posti xodimlari naqd xorijiy valyutalarning yaşirin olib çiqilişiga doir bir neçta bojxona qoidabuzarliklarini foş qilişdi.

Turkmaniston Respublikasi fuqarosi B.Bobonazarov ham 2150 AQŞ dollarini yaşirinça olib çiqiş uçun noutbuk uçun möljallangan sumkada köz ilğamas böşliğiga bekitgani bojxona körigi davomida foş etildi.

Uning yurtdoşi S.Pirxanova esa bojxonaçilarning közini şamğalat qiliş maqsadida 650 AQŞ dollarini bagaj tutkiçlari orasiga yaşirgança olib çiqib ketayotgan paytda töxtatib qolindi.
Bundan taşqari, qöşni davlat fuqarolari G.Abdiromovaga ham 600 AQŞ dollarini yaşirinça olib çiqiş rejasi naf bermadi.
Eslatib ötamiz, muqaddam ayni şu postda oyoq kiyimlariining içki qismiga qöşni davlat fuqarolari X.Gulboyev 2200 AQŞ dollarini, S.Djumamuradova esa 500 AQŞ dollarini yaşirgança olib çiqişga uringani haqida xabar berilgan edi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.











