Toşkentda bölib ötayotgan boks böyiça Osiyo çempionatining 75 kg vazn toifasidagi boksçilarning çorak final yöllanmasini beruvçi janglari poyoniga yetdi. Unda ringga sönggi bölib özbekistonlik Isroil Madrimov va falastinlik Abudabat Qosim kötarilişdi. 

Hamyurtimiz jang taqdirini birinçi raunddayoq, 35 soniyadayoq hal qildi. U falastinlik sportçiga imkoniyat qoldirmadi va uni nokdaun holatiga tuşirdi. Referi öyinni töxtatişga qaror qildi.

Endi u çorak finalda filippinlik Marsial Eumirga qarşi jang olib boradi.

Uşbu jangdan söng ringga 91 kggaça bölgan boksçilar kötarilişadi. Uni hamyurtimiz Sanjar Tursunov va janubiy koreyalik Kim Xyongkyu juftligi boşlab bermoqda.