Toşkent metrosida internet xizmatlarini yölga qöyiş masalasi körilmoqda. Şuningdek bu transport turida smart-kartalar orqali tölovni amalga oşiriş imkonlari ham örganilmoqda. 2 may kuni "Özbekiston temir yöllari" AJning I çorak böyiça berilgan hisobotida şu haqida ma'lum qilindi. 

Matbuot anjumanida "Özbekiston temir yöllari" mutaxassislari istiqboldagi reja va loyihalarga ham töxtalib ötişdi. Ma'lumotlarga köra, temir yöllarida elektrlaştiriş jarayoni hamda yangi temir yöllarini quriş böyiça işlar qizğin davom ettiriladi. 

Ta'kidlaş joizki, bugunga qadar elektrlaştirilgan temir yöllar uzunligi - 4000 kilometrga yaqin. Jumladan, Qarşi-Termiz yönalişidagi 325 kilometrli temir yöl elektrlaştirilgan. Bu işlarning 95 foizi temir yöl xizmatlarini taqdim etuvçi mahalliy korxonalarning özi tomonidan amalga oşirilmoqda. 

Bundan taşqari, anjumanda aksionerlik jamiyati tomonidan amalga oşirilayotgan işlar haqida ma'lumot berildi. Jumladan, joriy yilda navqiron Samarqand şahrida tramvaylar harakati yölga qöyilgani ta'kidlandi. Toşkent şahridagi Bözsuv kanali ustida hamda Bunyodkor va Muqimiy köçalari kesişmasida temiryölçilar tomonidan muhtaşam köpriklar barpo etilgani qayd etildi.